Makroiqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 8,51 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü8,51 Kb.
#167436
  1   2   3
EZOZA VOHIDOVA

MAKROIQTISODIYOT NAZARIYASI

VOXIDOVA EZOZA

MAKROIQTISODIY SIYOSAT OLIB BORISH VOSITALARI

  • REJA :
  • “Makroiqtisodiyot”ning shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti
  • Makroiqtisodiyotning tadqiqot usullari
  • O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish

“Makroiqtisodiyot”ning shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo‘lsa-da, makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758- yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi, deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, K. Marks o‘zining jami ijtimoiy mahsulot (JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936-yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan ko‘pgina ko‘rsatkichlar, jumladan, iste’molchilarning daromadlari, jamg‘armalari, foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning to‘liq bandliligini, inflatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai-nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi

Yüklə 8,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin