Makroiqtisodiyotning yuzaga kelishi: klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari
MBDA 75-guruh
Abdusodiqov abdulaziz
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yig’indisi, muomaladagi jami pul miqdorini umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar Makroiqtisodiyotning oʻrganadigan obʼyektlari hisoblanadi.
Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keyns 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.
Ayni paytda Makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyatsiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi.
Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.
Adam Smitning asosiy gʻoyalari "Yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
David Rikardo g'oyalari Qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
J.B.Sey g'oyalari Iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
T. R. Maltus g'oyalari Iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
J.S.Mill g'oyalari Klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT