rivojlanishidan shakllanadi. Makrosporaning yadrosi mitoz bo‘linib, ikkita yadroni hosil qiladi, bu yadrolar hujayraning qarama-qarshi qutblariga yo‘naladi. Hujayraning o‘rta qismida yadrolar orasida vakuola paydo bo‘ladi (rasm).
Keyin har bir yadro yana bo‘linadi, natijada to‘rt yadroli murtak xalta shakllanadi (rasm, 2). To‘rtta yadroning har biri yana bir marta bo‘linib, sakkiz yadroli murtak xaltani hosil qiladi (rasm, 3).
Shunday qilib, navbatma-navbat uch marta bo‘linishlar natijasida murtak xaltaning qarama-qarshi qutblarida to‘rttadan gaploid yadrolar yuzaga keladi. Har ikkala guruh yadrolar katta vakuola bilan ajralib turadi.
Murtak xaltani shakllanish jarayonida uning yadrolarida tabaqalashuv jarayoni ro‘y beradi. Tabaqalashuv ancha ilgari boshlanib, dastlab u ikki yadroli murtak xaltada namoyon bo‘lib, ularda DNK ning to‘planishi turli darajada ifodalanadi.
rasm. Tamaki murtak xaltasining shakllanishi
1. Ikki yadroli murtak xalta, 2- to‘rt yadroli, 3- sakkiz yadroli, 4- shakllangan murtak xalta, (s- sinergid, t-tuxum hujayra, mx-markaziy hujayra, a-antipodalar).
Mikropilyar yadroni xromatinida DNK Felgen reaksiyasining ta’sirida ingichka uzun iplar ko‘rinishida yadro bo‘ylab tarqalgan. Xalazal yadroda Felgen reaksiyasi yorqin namoyon bo‘lib, undagi xromatin iplar bir munchaga yo‘g‘on va yadro bo‘ylab o‘zaro tig‘iz holda yadrochaga juda yaqin joylashadi.
Ikki yadroli murtak xaltada sitoplazma uning qutblarida to‘plangan va u ipsimon ko‘rinishida markaziy vakuolani o‘rab turadi. Sitoplazma mayda vakuolali bo‘lib, ko‘p miqdorda RNK tutadi. To‘rt yadroli murtak xaltada xalazal va mikropilyar qismlardagi yadrolarda o‘zaro farqlar ko‘p emas. Mikropilyar yadroda DNK dona va iplar ko‘rinishda asosan yadro atrofida joylashadi. DNKning ipsimon ko‘rinishidagi ozroq qismi butun yadro bo‘ylab yadrocha yaqinida tarqalgan.
Xulosa Xalazal yadroda xromatin zich chigallashgan iplar holida, faqat yadro atrofida joylashadi. Yadrocha atrofida optik bo‘sh qism paydo bo‘ladi.
Mikropilyar qismning sitoplazmasida ancha yirik vakuolalar paydo bo‘ladi.
Sitoplazma hamda yadrochada ko‘p miqdorda RNK bo‘ladi. Sakkiz yadroli murtak xaltada faqat qutblardagina emas, har bir qutb chegarasidagi yadrolarning orasida aniq ifodalangan farqlar mavjud. Mikropilyar qismida uch tipdagi yadro yuzaga keladi. Mikropilega yaqin joylashgan ikkita yadro o‘lchamlari, ancha kichik bo‘lib, keyinchalik sinergid yadrolariga aylanadi. Ulardagi DNK donador va iplar ko‘rinishida bo‘ladi, shuningdek ko‘p hollarda yadroning atrofida joylashadi.
Murtak xaltaning o‘rtarog‘ida bo‘lg‘usi tuxum hujayraning yadrosi joylashadi. U oldingi yadrolardan kattaligi va unda xromatinlarni yadro bo‘ylab bir tekis tarqalishi bilan farq qiladi. Eng kattaroq yadro murtak xaltaning markazida joylashib, oldingi boshqa yadrolardan tuzilmalarini kamligi bilan ajralib turadi. Undagi DNK yadro bo‘ylab joylashgan ingichka iplar ko‘rinishiga ega.
Mikropilyar yadro sitoplazmasi o‘zini tuzilishiga ko‘ra bir xil emas: ancha tig‘izroq sitoplazma mikropile yaqinida, ko‘proq vakuolalashgan qismi esa yuqorigi qutbiy yadro atrofida bo‘ladi. Sitoplazmaning bunday tartibda joylanishi keyinchalik tuxum apparati va markaziy hujayra orasida to‘siq paydo bo‘lshiga mos keladi.