2.2-rasm. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari davomida axborotlar bilan ishlash jarayonining bosqichlari. «Algebra» fani dasturi o‘quv materiallari zaruriy umumlashtirishlarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadida faqat mazmunga emas balki, o‘quv materialining joylashish sistemasi ham javob berishi lozim. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, «Algera» fani dasturida o‘quv materiali chiziqli va konsentrik joylashgan bo‘lib, chiziqli tuzilish dasturda materialning mantiqiy ketma-ketlikga asoslanganligidir. Algera kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi saqlanadi. O‘quv materialini konsentrlashtirish axborotlarni o‘zlashtirishga ajratilgan vaqtga asoslangan holda, o‘quv materiallarini tizimlashtirishni talab etib, o‘quv materiallarini konsentrlarga jamlash o‘quv materiallarini tizimlashtirilganlik darajasi, ma’lum belgilangan vaqt oralig‘ida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan o‘quv axborotlari hajmi, o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishdir .
2.2-§. O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va amaliyotga joriy qilishning metodik tizimi. Algera o‘quv fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning metodik tizimi deganda, o‘qitishning maqsadi, mazmuni, usullari, shakllari va vositalari hamda dars loyiha (ishlanma) larini o‘z ichiga olgan tuzilma tushuniladi.
Tadqiqot davomida olingan nazariy natijalarni amaliyotga joriy qilish metodik tizimining modeli ishlab chiqildi. Algera darslarida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tashkiliy – tuzilmaviy model «maqcadli», «konseptual», «tashkiliy-texnologik» va «natijaviy–baholash» komponentlaridan tashkil topgan hamda maqsad, yondashuvlar, tamoyillar, bosqichlar, didaktik shart-sharoitlar kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, model erishiladigan natija va o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlanganligini belgilovchi mezonlar hamda darajasini belgilovchi tartiblashgan sxema sifatida o‘zida aks ettiradi (2.3-rasm).
Ilmiy tadqiqotlarda model asosan, pedagogik jarayon va natijani ochib berishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini samarali tashkil etish tanlangan yonashuvlar, shart-sharoitlar bilan o‘zaro bog‘liq.
Tashkiliy-tuzilmaviy modelning maqcadli, konseptual, jarayonli va natijaviy – baholash komponentlari: