Bosqich
|
Mazmuni
|
Amalga oshiriladigan ishlar
|
Motivatsion
|
O‘quvchilarning manbalardan zarur axborotlarni izlab topish hamda ulardan samarali foydalanishga qiziqish va ehtiyojini rivojlantirish
|
Ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, o‘quv axborotlarini o‘zlashtirishning o‘quv va hayotiy faoliyatdagi ahamiyatini tushuntirish asosida o‘quvchilarning qiziqish hamda ehtiyojini rivojlantirish, o‘quv materiallari sifatida taqdim etiladigan axborotlar mazmunini ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar natijalarining tahlillari asosida takomillashtirish.
|
Kognitiv
|
O‘quvchilarning o‘quv axborotlari bilan ishlay olishi uchun zarur axborotlarni bilim sifatida o‘zlashtirishi
|
O‘quvchilarning Algera fani o‘quv axborotlarini o‘zlashtirishlari uchun nazariy bilimlar va zarur tayanch tushunchalarning mazmun–moxiyatini anglash asosida tushuntirishi, interpretatsiya qila olishiga erishish, axborotlashgan muhitda moslashuvini ta’minlash.
|
Kreativ
|
O‘quvchilarning o‘quv axborotlari bilan ishlash davomida ijodiy yondashuvini qaror toptirish
|
O‘zlashtirilgan axborotlarni tegishli fan sohalari bo‘yicha standart va nostandart vaziyatlarda qo‘llay olishi uchun vaziyatlarni baholay olish, kerakli farazlarni ilgari surishda o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash jarayonida ijodiy yondashuvni yuzaga keltiruvchi omillarni takomillashtirish.
|
Jarayonli
|
O‘quvchilarning hayotiy va o‘quv faoliyati davomida axborotlarni ongli ravishda qo‘llay olishi
|
O‘quvchilarning axborotlashgan jamiyat talablari bo‘yicha hayotiy va o‘quv faoliyatlari davomida axborotlarni qo‘llay olish jarayonida faolligini ta’minlash, o‘z faoliyatlarini baholay olish hamda axborot resurslarini o‘zlashtirishga o‘rgatish.
|