Maktabda ona tili darslarini o’qitish uslubiyati



Yüklə 109,57 Kb.
tarix08.03.2023
ölçüsü109,57 Kb.
#87024
Tilshunoslik nazariyasi 6-semenar

Maktabda ona tili darslarini o’qitish uslubiyati

Tilshunoslik nazariyasi semenar

  • O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» pedagoglar, olimlar va ta’lim-tarbiya tizimi bilan bog‘liq barcha mutaxassislar oldiga qo‘ygan ulkan va ma’suliyatli vazifalardan biri ta’lim jarayonini ilg‘or zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdir.
  • Zero, bugungi kunda zamonaviy sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun har bir yosh bir necha tilni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi, o‘zbek (davlat) tilidan tashqari kamida ikki emas, to‘rtta jahon tillarini yaxshi bilishi talab etilmoqda
  • So‘nggi yillarda jahon ta’lim tizimida tilni zamon talablari asosida mustaqil o‘zlashtirish usullarini tatbiq etishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan bizning respublikamizda ham har bir til va adabiyot fanini o‘qituvchi mutaxassis ustoz o‘z darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga qaratmoqda.

Maktablarda ona tili darslarini samarali tashkil etish uchun o‘qituvchilar quyidagi jihatlarga e’tiborli bo‘lishlari darkor:

  • Maktablarda ona tili darslarini samarali tashkil etish uchun o‘qituvchilar quyidagi jihatlarga e’tiborli bo‘lishlari darkor:
  • 1. Darsni 8-12, 15-20 kishidan iborat guruhlarda tashkil etish.
  • 2. O‘qitishda zamonaviy texnik vositalar (video-magnitofon, kompyuter va boshqa audiovizual jihozlar) dan foydalanish
  • . 3. Til o‘rgatishda, shuningdek, fan bo’yicha darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, mavzular bo’yicha uslubiy ko‘rsatma va ishlanmalardan mustaqil ravishda foydalanish.
  • 4. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda tilni nazariy jihatdan o‘rganishga, yangi nutqiy ko‘nikmalar hosil qilishga e’tibor qaratish.

Mustaqil ishlash

  • Ona tilini o‘rganishda mustaqil ishlash (matn ustida) ta’lim sifatini ta’minlaydigan eng muhim shartlardan biri bo‘lib, u o‘quvchilarni o‘zlari o‘rganayotgan tilda fikr-mulohazalarini mustaqil va erkin bayon qila olish ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan belgilanadi. Mustaqil ishlashda belgilangan mavzu asosida amaliy ish (mavzu bo’yicha mashqlar) bajarish hamda muayyan mavzu asosida izlanishlar olib borish maqsadga muvofiqdir.

Amaliy tomoni

  • Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rol o‘ynaydi. Ona tili fani ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo‘lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli bo‘lishi lozim.
  • Tekshirish metodlari 2 xil:
  • 1. Nazariy tekshirish metodlari.
  • 2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod).
  • Bu metod quyidagi maqsadlarda qo‘llanadi:
  • a) bu metod o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;
  • b) o‘quvchilarni o‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o‘quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini so‘rovnoma orqali tekshirish
  • Ayniqsa, umumta’lim maktablarining ona tili darslarida til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyillarini o‘qitishni yangicha talqinda tashkil etish lozim
  • So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni o‘zaro bog‘langan holda o‘rgatish hisoblanadi.
  • Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o‘rgatish, o‘zlashtirish mumkin. Sintaksisni o‘rganishda esa morfologiyaga suyaniladi,
  • orfografiya fonetika,
  • grammatika so‘z yasalishiga suyanadi va hokazo. So‘zni morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi.
  • Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, o‘qitishda buni albatta hisobga olish kerak

Xulosa

  • Xulosa qilib aytganda, ona tili fanini o‘rgatuvchi mutaxassis o‘qituvchi o‘z darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga katta e’tibor qaratishi lozim. Maktablarda ona tili darslarini samarali tashkil etish kelajakda tilimiz rivoji uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 109,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin