Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar


Sinf rahbari faoliyatida sinf burchagi



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə15/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Sinf rahbari faoliyatida sinf burchagi. Maktabda o‘quvchi­larning o‘qish va o‘qishdan tashqari ish faoliyatlari o‘tadigan asosiy joy shu sinfga biriktirilgan sinf xonasidir. Bu sinf xonasidagi sinf burchagini sinf rahbari sinf faollari bilan birgalikda tuzadi. Unda sinf jamoasining asosiy hujjatlari va ishini aks ettiruvchi materiallar qo‘yiladi. Sinf burchagi sinfning hayoti va faoliyatini, uning yutuq va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko‘zgudir.
Sinf rahbari malakasini oshirish. Endi ish boshlagan sinf rahbarlarigina emas, balki maktabda ko‘p yillardan buyon fao­liyat ko‘rsatib kelayotgan tajribali sinf rahbarlari ham o‘z mala­kalarini oshirishga muhtojdirlar. Sinf rahbari pedagogika va psixologiya asoslari nazariyasini yaxshi o‘rganishi va o‘zlashtirishi, hozirgi pedagogik texnolgiyalarni va metodlarni, kompyuter texnologiyasini mukammal bilmog‘i zarur. Tarbiya masalalariga oid adabiyotlarni muntazam o‘qib borishi kerak.
Sinf rahbari to‘g‘risidagi nizom.
I.Sinf rahbari to‘g‘risidagi nizomga to‘xtalar ekanmiz, sinfda tarbiyaviy ishlarni asosiy yo‘lga qo‘yuvchi, o‘quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi va majburiyatlari nimalardan iborat? Ushbu sahifada O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi vazirligining 2001-yil 9-noyabrdagi 163-sonli buyrug‘iga ilova etib tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining sinf rahbarlari to‘g‘risida»gi nizom keltiriladi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Prezident farmonlari, Xukumat qarorlari, xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me'yoriy xujjatlari talablari va ushbu nizom asosida tashkil etiladi.
Sinf rahbari maktabning tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglaridan biri bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining amalda belgilangan ta'lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. Sinf o‘quvchilarining ma'naviy va ma'rifiy tarbiyasini tashkil etishda o‘qituvchilar, bolalar yetakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek, maktab rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, homiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi. Sinf rahbari maktabda va keng jamoatchilik orasida sinf o‘quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi.
Uning maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol-ma'naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o‘quvchilarining qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada maktab pedagogik va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yondoshishni yo‘lga qo‘yadi.
Boshlanich sinf o‘qituvchilari o‘ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. Sinf rahbarlari tajribali o‘qituvchilar orasidan maktab ma'muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir o‘qituvchiga faqat bitta sinf rahbarligi topshiriladi.Sinf rahbari faoliyatini ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin