Kerakli jihozlar:
• Oldindan tayyorlangan tugallanmagan rasmlar, qog’oz o’lchami: bo’yi 21 sm, eni 30 sm
(1-ilova).
• Rangli qalamlar.
Faoliyatga tayyorgarlik: Faoliyat avvaldan tayyorlangan va bolalar soniga mos ravishda
ko’paytirilgan rasm asosida olib boriladi. Har bir bola mustaqil ishlash imkoniyatiga ega
bo’ladi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, har biringizning qo’lingizda nechtadan rasm bor?
To’g’ri- 1 tadan.
Qo’lingizdagi rasmni diqqat bilan ko’rib oling. Bu-sehrli, jumboqli rasmdir. Men
sizlarga topshiriq va savollar beraman. Sizlar esa, ularga javob topasizlar va bajarib borasizlar.
Tayyormisiz? Unday bo’lsa boshladik!
Kunlardan bir kun sizga o’xshagan bolalar o’rmonga borishmoqchi bo’lishibdi,
tayyorlanib yo’lga otlanishibdi. Oldilaridan 2 ta yo’l chiqibdi: biri to’g’ri, ikkinchisi ilon izi.
Ammo ulardan faqat bittasi bexatar ekan. Qani uni rasmdan toping-chi. Buning uchun qalam
uchini yo’llarga qo’yib manzilga qadar yurgizamiz.
Dostları ilə paylaş: |