Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va ta'lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiya- dan o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
534
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minoti
Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol- mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.