Yozgi hordiq va sogiomlashtirish tadbirlari vazirliklar va idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablagiar doirasida amalga oshiriladi. Binobarin, bu tadbirlarni o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha taiim muassasalarida yozgi sogiomlashtirish tadbirlari rag'batlantirish fondi
499
hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ovqatlantirish me'yorlari ko'paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, ota-onalardan olinadigan haq miqdori ham oshiriladi. Shu munosabat bnlan, smetada xodimlarning ish haqi, tashkiliy- xo'jalik ishlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo'shimcha xarajatlar ko'zda tutiladi.
Smeta - maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasida yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, xodimlarning necha soat ishlashi va uning turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi mod- dalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».