Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash- sog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.