Ijodiy yondashuv (IY) - bu pedagogikada zamonaviy yo'nalish bo'lib, u ta’lim oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bo'lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo'nalishlarini topishga undash jarayonidir. Bunda o'quvchi- talabaning faoliyatiga demokratik asosda rahbarlik qiladi va ularning shaxsiy tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlaydi, ular bilan hamkorlikda ishlaydi.
Integratsiya- o'qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish.
Integratsiyalash - lotincha so'z “integer" - umumiylik, "integerara” - to'ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta'lim mazmunidagi uyg'unliklarni ta'minlash muammolari ham integratsiyalashning shug'ullangan sohasi hisoblanadi. Bu tishuncha - muhim ilmiy termin bo'lib, u umumlashtirish, xulosalashda metodologik vosita bo'lib hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg'unlik algoritmlari yaratiladi.