MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomi- ya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiya- ning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgi- laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masala- siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiya- tini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivoj- lanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didak- tik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariya- siga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda pedagogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika fa- niga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirish- da axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabat- larni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafo- sat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u bi- rinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabi- larning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolar- ni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlari- ni shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. 0‘sib bo- rayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyat- larining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiq- ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish- da yordam beradi.
13
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida- gi ma'lumotlar muhimdir, Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, av- valo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta’lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.
Dostları ilə paylaş: |