Tadbirkorlik - bu bozor qonun-qoidalariga asoslangan faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlik - bu intilish, qandaydir yangilikni boshqa- rishda qaror qilish, yaratishga intilishdir.
Tadbirkorlik amaldagi qoidalarga muvofiq daromad olishga qaratilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish yo'li bilan tavakkal qilib o'z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati hisoblanadi.
O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning taraqqiyoti tarixan 5 davrni bosib o'tdi.
Birinchi davr - XIX asr uchinchi choragidan 1917-yilgacha davom etdi. Bunda kosiblar, dehqonlar, kichik va o'rta korxonalar bo'lgan.
Ikkinchi davr - 1918-1985 (turg'unlik) davri yakka tartib- dagi hunarmardchilik -kosibchilik 1 % ga yetgan.
Uchinchi davr - 1985-1991-yillar jonlashish davri
To'rtinchi davr - shakllanishi 1991-2005-yiIlar
Beshinchi davr - barkamollik davri 2005-yildan keyingi yillar.
Mamlakatimizda yaratilgan qonunlar, me’yoriy hujjatlar asosida iqtisodiyotning an’anaviy tadbirkorlikka moyil bo'lgan tarmoqlar, xizmatlar tarmog'i kengayadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy va iqtisodiy amaliyotga ega. Bozor iqtisodiyotga asoslangan ishlab chiqarish jarayonida tadbirkorlikning roli kattadir.