Maktabgacha pedagogik akmeologiya



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə20/59
tarix20.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#163008
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Maktabgacha pedagogik akmeologiya

AKMEOLOGIYA- [yunonchadan akme – nimanidir oliy darajasi + logiya, cho‘qqi haqidagi fan] – alohida odamni va odamlar birligini rivojlanishi chuqqisini va unga erishish sharoitlarini o‘rganadigan fanlar to‘plami.
FENOMEN – [yunonchadan phainomenes – ya’ni hodisa] akmeologik fenomenlar – birinchidan murakkab tirik organizm bo‘lgan odamni individ sifatida namoyon bo‘lishi avvalo professional sifatidagi, arbob sifatidagi voqelikning turli-tuman tomonlariga odamdagi paydo bo‘lgan yadroviy munosabatlarning ko‘rinishlari, ikkinchi jihatdan uni jamiyatdagi bajaradigan roliga qarab, odamlarni kichik va katta birlashmalarida ko‘rinadigan hayot faoliyatini yashash sharoitining konkret ko‘rinishlari orqali chiqadigan hodisalar.
TARBIYA - pedagogik xodisa bo`lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasida, malaka va ko`nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va buning natijasida xar tomonlama shakillangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo`yadi.
MA'LUMOT - asosiy pedagogik tushuncha bo`lib, u ijtimoiy xayot voqealarini obektiv aks ettirishidir. Bu jarayon kishi tomonidan tabiat, jamiyat va kishi tavakkuri to`g`risidagi umumlashtirilgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko`nikmalar sistemasining egallab olishi natijasidir.
Ma'lumot kishini bilishga bo`lgan talabini ta'minlab, undagi qobiliyatlarni ma'lum darajaga ko`taradi va ommaviy faoliyatga tayyorlaydi.
Ma'lumot ta'limning natijasi bo`lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko`nikmalarni mustaqil egallash o`z bilim darajasini takomillashtirishdir.
TA'LIM - ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko`nikma va malakalarni o`quvchilarga singdirish, ularning ongiga va xulqiga ta'sir etish, dunyoqarashiga va bilish faoliyatini rivojlantirishdir. U insonni mexnatga, xayotga tayyorlashning asosiy vositasidir.
Ta'lim berish jarayonida tarbiya va ma'lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta'lim ikki tomonlama jarayon o`qitish va o`qishni o`z ichiga oladi.
O`QITISH - pedagogik faoliyat bo`lib, u bilim, malaka, ko`nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga raxbarlik qilishdir.
O`QISH - o`quvchining bilim, malaka, ko`nikmalarini egallashdan mamliy faoliyatidir. U o`quvchilarning xar tomonlama rivojlanishini taminlaydi.
Bola shaxsini uyg`un rivojlantirish shaxsni insoniyat tomonidan to`llangan xamma boyliklarini xozirgi zamondagi fan texnika taraqqiyoti va madaniyat darajasida egallab olishni xar tomonlama rivojlangan barkamol shaxsning insoniy sifatlarni takomillashtirishidir, zamon talabiga javob beradigan darajaga ongli ravishda intilishidir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin