Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti, vazifalari Reja


Pedagogikaning asosiy tushunchalari



Yüklə 22,35 Kb.
səhifə2/5
tarix19.10.2022
ölçüsü22,35 Kb.
#65550
1   2   3   4   5
Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogi

Pedagogikaning asosiy tushunchalari

Tarbiya

Ta'lim

Ma'lumot

Pedagogik hodisa bulib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.

Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta'sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta'lim berish jarayonida tarbiya va ma'lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta'lim ikki tomonlama jarayon - o‘qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi.

Asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, uning ijtimoiy hayot voqyealarini ob'ektiv aks ettirishdir. Ma'lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta'minlab, undagi qobiliyatlarni ma'lum darajaga ko‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Ma'lumot ta'limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egalashdir.

O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim ko‘nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlik kilishdir.

O‘qish – bolalarning bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi.

2. Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi

Maktabgacha ta'lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta'limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.

Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin