z) mudiraning huquq va vazifalari. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda muassis tomonidan tayinlanadigan shaxs boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari daviat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, vakolatlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli daviat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va o'qitish dasturlarining nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi amalga oshiradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiya- dan o'tkazish, ularning faoliyatini to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat lozimnomasi (lozimnomajda belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
bolalarni yuqori professional darajada o'qitish va tarbiyalash;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;
o'zining kasbiy ko’nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofq belgilanadi. Muassasa rahbari rag'batlantirish tusidagi usta- malar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorla- rini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi.