Maktabgacha ta’lim muassasalarida loy ishi mashg‘ulotlari


Kombinatsiyalashgan uslub



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə3/3
tarix11.10.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#153747
1   2   3
Maktabgacha ta`limda loy ishi, plastilin, sho`r xamir, chinni xamir va pape-mashe usuli

Kombinatsiyalashgan uslub

  • Kombinatsiyalashgan uslub
  • Bu uslub ikkita uslubni o‘z ichiga oladi: konstruksiyalash va haykaltaroshlik uslublaridir. Bola hayotining 6-chi yilida uning tevarakatrof haqidagi bilimlari, turmush tajribasi kengaya boradi. Uning qo‘l muskullari mustahkamlanib taraqqiy etadi. U ko‘l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara oladigan bo‘ladi. Uning psixikasida ham sifat o‘zgarishi yuz beradi. Xotirasi o‘sadi, barqaror bo‘ladi, diqqat ham tobora barqaror bo‘ladi. Bolalar oldin predmetni yasashda uning qismlarini va qismlarning shakli, uning xususiyatlarini aniq tasavvur eta oladilar. Shu bilan birgalikda bolalar predmetlarni ko‘proq harakatda tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalarni loy ishlariga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, proporsiyasini, uning tuzilishini, xarakterli qismlarini va harakatini tasvir etish va boshqalard ir. Bolalar idishlar yasab, so‘ng uni bo‘yaydilar, dekorativ plstinkalar yasab ularni bezaydilar. Bu guruhda bolalar syujet mazmun asosida yashlaydilar. Texnik usullar ham bu guruhda murakkablashadi. 4 yoshli bolalar qismlardan yasashsa, 5-6 yoshga kelib butun bir loy bo‘lagidan yasaydilar. Shu bilan birga stek bilan ishlashga ham keng imkoniyat yoki o‘rin ajratiladi. Bolalar dastavval o‘zlariga tanish bo‘lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstruktorlik va haykaltaroshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlar yasaydilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil sorti.
  • Bolalar shu ikki usulda odam; figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlarning mazmuni asosan hali o‘yinchoqlaridan olinadi.

Obrazni jihozlash, dekoratsiyalash vosita va usullari

  • Obrazni jihozlash, dekoratsiyalash vosita va usullari
  • Plastik materiallar bilan ishlashda turli yordamchi usul va metodlardan foydalaniladi. Bolalarni predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o‘rgatib boriladi. Masalan: uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatda o‘rnatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni silliqlashga o‘rganadilar. Bolalar asta-sekin o‘z ishlariga mazmun berishni keng tadbiq etadilar, asosan bir butun loy bo‘lagidan haykaltaroshlik usulida yasaydilar. Masalan: mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Butun bir loy bo‘lagidan lentasimon usuli bilan idishlar yasaydilar, so‘ng ularni bezaydilar. Bolalar o‘zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan: xo‘roz, tovuq, o‘rdak, jo‘ja va boshqalarni yasab, parrandalar shaklini mazmunida ishlaydilar. Ko‘proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Dastavval predmetni yoki naturani kuzatib, ko‘rib chiqiladi. predmetnning shaklini, qismlarini, proporsiyasini barmoq harakatlari bilan ko‘rib chiqishlari mumkin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasaydilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko‘rsatib berishi mumkin. Ishlarni bajarishda turli vostilardan foydalasa bo‘ladi. Flomaster, turli idishlarning qalpoqchalaridan yasalgan baliqning “tangachalarini” iz qoldirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin