Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari reja
Nazorat qilish (tekshiruv)ning usul va uslublari. Nazoratning asosiy usul va uslublariga quyidagilarni kiritish mumkin: — bolalarning muassasadagi mashg’ulotlarini, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va tahlil qilish; — pedagogik va moliyaviy-xo’jalik ishlariga oid hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish; — bolalar ishlarini tahlil qilish; — mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularning bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish; —«Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislari»da, ota-onalar kengashlarida ishtirok etish; — jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashish. Tekshiruv jarayonida qanday usul va uslublarni qo’llash nazorat qilish turiga, muayyan guruhda tarbiyaviy jarayonning qay jihati yoki muassasa moliyaviy-xo’jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirilishi, nazoratchiuslubchining kasbiy mahorati va amaliy tajribasiga bog’liqdir. Tekshiruv jarayonida turli usullarning qo’llanishi maktabgacha ta’lim muassasasi ishini har tomonlama o’rganishda g’oyat ahamiyatlidir. Kuzatish usuli bu — pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladich SHuningdek, kuzatish uslubi — muassasadagi pedagogik jarayonga, uslubiy va moliyaviyxo’jalik faoliyatining holatiga to’g’ri baho berish va zarur xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Yalpi tekshirish usuli orqali muassasaning kun davomidagi faoliyatining barcha jihatlari: tashkiliyma’muriy, moliyaviy-xo’jalik, ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, yo’nalishlari, samarasi va natijalari kuzatiladi. Muayyan mavzu bo’yicha nazorat qilishda esa kuzatish usuli tanlab olingan mavzu va uning xarakteriga bog’liq bo’ladi. Agar ta’lim-tarbiya ishlari kuzatilayotgan bo’lsa, tekshiruvchi mashg’ulotlarni izchil taxlil qiladi, ularni tashkil etish mazmuni, tuzilishi va uslubiyatiga alohida ahamiyat beradi. O’yin jarayonini kuzatayotganda kuzatuvchi asosiy e’tiborni o’yin turiga, o’ynash uchun yaratilgan shart-sharoit, bolalarning o’zaro munosabatlari va tarbiyachining bu jarayonni qay darajada boshqarayotganiga qaratadi. Ba’zan pedagogik ishlarni kuzatayotgan nazoratchi uning mazmun-mohiyati haqida aniq, yaqqol tasavvur hosil qilmasligi mumkin. Bunday hollarda, odatda, qo’shimcha yoki takroriy tekshiruv o’tkaziladi. Tashkiliypedagogik faoliyatni kuzatishda: — mudiraning bu ishni to’g’ri tashkil etgani, uning tashkiliyma’muriy, tarbiyaviy va moliyaviy-xo’jalik ishlarini samarali olib borayotgani, jamoa a’zolari, tarbiyachi va boshqa xodimlar bilan munosabati, shuningdek, ota-onalar bilan o’zaro munosabatlarini qanday yo’lga qo’yganiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 44 Bundan tashqari, kuzatishda muassasada kun tartibi qoidalariga qay darajada rioya etilayotgani, bolalarning bilim darajasi, ularning axloq-odobi, tarbiyachining bilimi, malakasi, tajribasi hamda ta’lim-tarbiya usul va uslublarini qay darajada egallagani singari masalalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.