Mavzu: “Maktabgacha talim tarbiyani tashkil etish fani maqsad va vazifalari”
Bajardi: Jumaqulova Sh.
Guruh: 11 MT Tekshirdi: Giyasova M.
Angren 2023
Mavzu: Maktabgacha talim tarbiyani tashkil etish fani maqsad va vazifalari REJA: 1. Kirish
2.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi predmeti
3.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi vazifalari
4.Xulosa
Kirish Наг bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktab- gacha ta’lim pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarga talabalik dav- ridan boshlab, maktabgacha ta’limning asl mohiyati bola va tarbiya- chining hamkorlik faoliyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi. O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tash- kil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, inno- vatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik ja- rayonda o‘rganadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muas- sasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimiz- ning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika yunoncha so‘z boMib, «bola yetaklovchi» ma’nosini bildiradi. Insonning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka muno- sabatini o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Abdulla Avloniy tar- biyachiga alohida e’tibor berib: «Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir»1, degan edi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha bb‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuyidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiya- viy ta’sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalami maktabda o‘qishga tayyor- lashni ta’minlab, maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metod- larini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Bu fanning predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish.