Maktabgacha talim tarbiyani tashkil etish fanidan


Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə12/13
tarix30.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#150617
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Baxtiyorova Ro\'zika KURS ISHI

Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari. Tayyorlov guruhida bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha murakkab konstruksiyalarni o'zlashtirib beradilar. Shuning uchun tarbiyachi narsalar yasashni, uning bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko'rsatish uslubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi balkonli uyni qurish mavzusida avval ko'p qavatli, balkonli uy konstruksiyasini tayyor holda ko'rsatadi, so'ng ishni o'zi ko'rsatib, uyning qanday yasalishini qog'ozni buklab, balkonlarini yasash uchun qirqib, uni tomini qanday joylashishini ko'rsatib beradi. Agar mashg'ulotda bolalar tanishish usulini qo'llasalar, tarbiyachi faqat namunani kuzatish va qisman ko'rsatish bilan cheklanadi xolos yoki bolalar bilimini faollashtiruvchi savollar berishi mumkin. Archa o'yinchog'ini yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga namunani ko'rsatgach, uni qanday qirqishni bolalardan so'raydi. Ular bunga javob beradilar, so'ng o'zlari mustaqil bajaradilar. Agar yasalayotgan narsa, masalan, harakatlanuvchi o'yinchoqlar ko'p vaqtni olsa, bolalar qiynalsalar, tarbiyachi mashg'ulotni ikkiga bo'lishi mumkin. Birinchi mashg'ulotda tarbiyachi kartondan yasalgan o'yinchoqlarni ko'rsatib, bugungi teatr o'yiniga ham xuddi shunday o'yinchoqlar yasashligini aytib o'tadi. Lekin bu o'yinchoqni chizib berish lozim, so'ng bolalar hayvonchani o'ylab topib, chizib bo'yaydilar. Ikkinchi mashg'ulotda bolalar tarbiyachining tushuntirishi va ko'rsatmasi asosida o'yinchoq yasaydilar. O'yinchoq yasash mashg'uloti avvaldan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalarni jalb qiladi. Ular material tayyorlashga yordamlashadilar: qog'oz qirqadilar, shakli bo'yicha joylashtiradilar, qog'ozni oldidan (mebelning oyog'i uchun) truba qilib yopishtiradilar. Bolalar o'z o'ylaganlari bo'yicha mashg'ulotning yaxshi o'tishi avvaldan ko'rilgan tayyorgarlikka bog'liq: bolalar materiallarni yasaydigan predmetlarini qanchalik tez topsalar, nima yasashlarini oldindan bilsalar, mashg'ulot shunchalik qiziqarli bo'ladi. Tarbiyachi mashg'ulot uchun bolalar bilan turli o'lcham, turli shakldagi daraxt, gul, butalarning urug'larini, shox, makkajo'xorining doni, beresta, moh va boshqa ko'pgina tabiiy materiallarni yig'adilar. Bolalar oldindan o'ylagan narsalari uchun materiallar yig'adilar: yirik urug' - tanasi uchun, mayda urug' - boshi uchun, turli shoxlar - qo'l, oyoq, panjalar uchun. Tarbiyachi bolalarga yig'gan materialidan narsalar yasashni o'rgatadi, ya'ni bolalar diqqatini shu materiallar hayvonlarning figuralariga o'xshab ketishiga (yugurayotgan kiyik, tuyaqush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsalarni yasashda tarbiyachi ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tayyor figuralarni taglikka o'rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki kapalaklarning qanotlarini shishkaga joylashtirib beradi. Bu barcha yasalgan narsalardan ko'rgazma uyushtiriladi. 8-mart bayramiga, ota-onalar majlisiga bag'ishlanadi. Bu ko'rgazmalar bolalar ishining yanada yaxshi bo'lishiga yordam beradi va bolalarda javobgarlik hissini, estetik didlarini yanada o'stiradi.





XULOSA
Tadqiqotning amaliy ahamiyati muammoni hal qilishning nazariy-amaliy asoslaridan, о‘qituvchilar, ota-onalar, pedagogika oliy о‘quv yurtlarining pedagoglari uchun metodik ishlanmalar ishlab chiqishdan iborat. Nazariy-amaliy materiallar о‘quv-tarbiyaviy jarayonni, xususan mehnat tarbiyasini samarali tashkil qilishda; mehnat tarbiyasini xalq mehnat an’analari asosida takomillashtirishda; pedagogika oliy о‘quv yurtlari boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti talabalari, maktab о‘qituvchilari xalq pedagogikasidan о‘quv qо‘llanmalari va maxsus kurslarni tayyorlash jarayonida foydalanilishi mumkin. xalq urf-odatlari, tadbirlari, bayramlarining mazmuni tahlil qilinadi. Urf-odatlar insonlarning kо‘p asrli faoliyatlari – mehnati, turmush va oilaviy ta’sirlari natijasida yuzaga keladigan xalq udumlarining о‘zaro bog‘langan zanjiri sifatida qaraladi. Tadbirlar an’analarning badiiy shakli sifatida qaraladi, ularning ma’lum g‘oyalari va etnik meyorlari timsoliy tarzda musiqa, ashula, raqs, shuningdek publitsistika va badiiy chiqishlar vositasida ifodalanadi. Bayramlar insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiy faoliyati tо‘plami, an’anaviy shakli sifatida tavsiflanadi. О‘quvchilar mehnat tarbiyasida ishlab chiqilgan tizimi quyidagi yо‘nalishlarni kо‘zda tutadi: mehnat tarbiyasining yaxlit tiziim doirasida milliy an’analardan foydalanishning turli shakllari, vositalari, usullari, metodlari va sharoitlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; о‘quv yurtlari, oila, jamoatchilikning tarbiyaviy ishlari о‘rtasida uzviy aloqa о‘rnatish; pedagogika о‘quv yurtlarining mehnat ta’lim yо‘nalishiga “Xalq pedagogikasi” maxsus kursini kiritish bilan bо‘lajak о‘qituvchilarining mehnat an’analari tо‘g‘risidagi bilim, malaka va kо‘nikmalarini kengaytirish va takomillashtirish; ota-onalar о‘rtasida bolalarning mehnat tarbiyasi masalalari yuzasidan bir maqsadga yо‘naltirilgan g‘oyaviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish. Nazariy tahlil asosida о‘quvchilarning shaxsini takomillashtirishning asosiy omillari aniqlandi: о‘quvchilarning shaxsini kamolotga yetkazishda ijtimoiy muhitning roli; uning qadriyatlar tizimidagi uzatishlar, tarbiyaning etnik madaniyat о‘ziga xos tomonlariga mosligi, tarbiya jarayonida milliy mehnat an’analarini va urf-odatlarni hisobga olish. “ О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida halq milliy an’analaridan foydalanish tehnologiyasini takomillashtirishning pedagogik tizimi” deb nomlanuvchi ikkinchi bobda - о‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanishning ishlab chiqilgan tizimi asosiga xalqning amaliy tarbiyaviy tajribasi, о‘sib kelayotgan avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashning tarixan yuzaga kelgan va avloddan avlodga xalq og‘zaki ijodi, о‘yinlar, urfodatlar,bayramlar, udumlar, ishlab chiqarish mehnati orqali uzatiladigan risolalari, shakllari va metodlari qо‘yilgan. Xalq mehnat tarbiyasining tajribasini tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki, tarixiy о‘tmishda mehnat tarbiyasi sodda amaliy bilimlarga asoslangan bо‘lib, maqsadga erishishning ma’lum prinsiplari va vositalariga ega bо‘lgan. О‘zbek xalq pedagogikasida mehnat kishisi, yuqori ahloqqa, amaliy aqlga ega bо‘lgan, jismonan kamol topgan, ona tabiatning gо‘zalligini his qila oladigan yaratuvchi ana shunday risola sifatida namoyon bо‘ladi
Psixologik jihatdan dissertant о‘quvchi shaxsning motivatsion ehtiyoj sohasini shakllantirdi, bu soha о‘qitish mazmunini tanlab olish bilan faollikni, qiziqishni, о‘quv amallariga ongli ravishda, ijodkorlik bilan yondoshishni uyg‘otadi. Didaktik jihati etnopedagogik materialni va unga mos keladigan shakllar, metodlar, vositalarni hamda uni taqdim qilish va tarbiyaviyligini faollashtirish usullarini tanlashdan boshlab, to egallangan bilim, mehnat malakalari va kо‘nikmalarini maslak va kasbiy mustahkamlangan usullarga aylantirilishida namoyon bо‘ladi, bunga natija keltiruvchi, о‘quvchi tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishida faol ishtirok etishi uchun ijtimoiy qadriyatli yо‘nalish sifatida tushuniladigan konkret mehnat faoliyati orqali ershiladi. Mehnat tarbiyasining yaxlit konseptual asosini tashkil qiladigan falsafiy, psixologik va didaktik komponentlar tо‘plami mazmuniga ilg‘or mehnat an’analari kiritilganida dissertant fikricha quyidagilarga imkon yaratadi: о‘quvchilarning о‘quv faoliyatini faollashtirishni ta’minlash; о‘quvchilarning bilish saviyasini oshirish; dastur materialini ongli ravishda о‘zlashtirilishiga erishish; mehnatga о‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining tarbiyaviy potensialini oshirish. О‘quvchilarni tarbiyalashda ilg‘or milliy mehnat an’analardan yaxlit foydalanish quyidagi psixologo pedagogik prinsiplarga asoslanadi: о‘quvchilarning yoshi bо‘yicha rivojlanishini hisobga olish; majmuaviylik, tizimiylik, ketma ketlik va izchillik. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg‘or milliy mehnat an’analari asosida bosqichma bosqich amalga oshirishning optimal darajalari deb maktabgacha muassasalar, oila, maktab (ham darsda, ham sinfdan va maktabdan tashqari ish), mahalla (turar joylaridai jamoatchilik tashkilotlari) belgilandi. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasi jarayoni mazmuniy va protsessual jihatlarining birligi tarbiya jarayoniga ilg‘or milliy mehnat an’analarini, urf odatlarni samarali kiritishni belgilab berdi, xalq pedagogikasi mazmunining tarbiyaviy imkoniyatlarini intensifikatsiya qildi, о‘quvchilar shaxsiga pedagogik ta’sir kо‘rsatishning shakllari, metodlari va vositalarining an’anaviy tо‘plamiga turli tumanlikni kiritdi.





Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin