Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari



Yüklə 9,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü9,49 Kb.
#175934
Esse1



Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish fanining
predmeti va asosiy vazifalari
Maktabgacha pedagogika - maktabgacha
ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan
jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda
unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini
o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy
fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha
yoshdagi bolalarning jismoniy va ruhiy kamolotini
tarbiyalash, ularga ta’lim berish muammolarini
o‘rganadi.
Maktabgacha pedagogika tug‘ilgandan to yetti
yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya
berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha
ta’lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini
tashkil etishning mazmuni, shakl, uslub va vositalar
hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning
yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlami ishlab
chiqadi. U maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va


maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlaydi.
Maktabgacha pedagogika umumiy
pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy
qonuniyatlari, tamoyillari, uslubologik asosi, tashkiliy
shakl, uslub va vositalariga tayanadi. Maktabgacha
pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha
ta'lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning
maqsadi. bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk
yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha
ta'limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan
bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining
shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligiga asoslaniladi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi olimi asosiy
pedagogik munosabatlarning eng muhim sabablarini
aniqlab beradi va uni pedagogik sohada o‘rganadi. Bu
fan bo`lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta`lim
muassasalaridagi tarbiyaviy faoliyatga tayyorlaydi.
Shu sababli darslikda maktabgacha pedagogikaning
nazariy va amaliy masalalarini tushuntirishga alohida
e’tibor berildi.


Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining milliy
asoslari: ta’lim - tarbiya muammolarini, muayyan
millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va
umuminsoniy qadriyatlar bilan boglagan hodda hal
etish, har bir millatnint ma’naviy merosi va milliy
qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya
masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni,
usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat.

Yüklə 9,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin