Maktabgacha ta'lim tarixi va hozirgi maktabgacha ta'lim tizimi reja: Kirish I bob. Maktabgacha ta`lim tizimining rivojlanish tarixi


II BOB. O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI



Yüklə 155 Kb.
səhifə4/7
tarix10.05.2023
ölçüsü155 Kb.
#110871
1   2   3   4   5   6   7
Anora

II BOB. O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI
2.1. Maktabgacha ta’lim: kecha, bugun, ertaga
KECHA
Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda ama­liy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi.
Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, no­davlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi.
2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofon­dini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tar­kibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.
— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masala­sini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
BUGUN
Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qam­rab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivoj­lantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, innovatsi­on texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislari­ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi­ni yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivoj­lanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi­ning Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi ma’lumotlarni o‘rgatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.
— Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ular­dan mashg‘ulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amali­yotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlari­ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasi­ni, ya’ni hayotiy kompetensiyasini rivojlantiradi.
Ochig‘i, avvallari xususiy bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat bog‘chasi bilan xusu­siy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday ta’lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta’lim muassa­salari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasi­ni mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablari­ga, sani­tariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘na­lishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiy­matda tadbirkorlarga berildi, davlat-xusu­siy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazar­da tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsa­tishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib keli­nadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi bel­gilandi. Bular narx siyosatiga ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta.
— Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 115 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, — deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 dan oshiq xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolasi tarbiyalanishni istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami, to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni o‘rganayotganini aytadi...

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin