Maktabgacha ta'lim tarixi va hozirgi maktabgacha ta'lim tizimi reja: Kirish I bob. Maktabgacha ta`lim tizimining rivojlanish tarixi


Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari



Yüklə 155 Kb.
səhifə5/7
tarix10.05.2023
ölçüsü155 Kb.
#110871
1   2   3   4   5   6   7
Anora

Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: davlat mak­tabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga nisbatan kam bo‘lganda, yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2018-2019- o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi.
Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruh­lar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.
— Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomi­da bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak, — deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jamila Javlonova. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.
Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borma­yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada faollashtirishni ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim shaklidir.
Tizimdagi eng og‘riqli masalalardan biri bu ovqatlanish bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda-kunora tasdig‘ini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash, balki aholi o‘rtasida ham obro‘sizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini keskin kamaytirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. Mazkur eksperiment yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi.
— Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena me’yorlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan, — deydi Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza Azizova. — Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yganimizda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib, sifatli va xavfsizligi ta’minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, har bir bolaga indivi­dual yondashuv ularning jamoat joyida ovqat­lanish madaniyatini shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini saqlaydi. Tashkilot xodimlarining e’tibori bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali muta­xassislar bilan ta’minlay olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miq­dorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos. Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan. Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish ustida ish olib borilmoqda.
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutildi.
Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
ERTAGA
Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha ta’lim muassasa­larining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi.
Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimi yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yila­digan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat qiladi.Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga kel­tiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi”da 2019—2024 va 2025—2030-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o‘quv-metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.
Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar miq­dorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan ta’lim muassasalari quvvatlari­ning kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib o‘rinlar miqdori yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivoj­lantiriladi. Keyingi yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsep­siya bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miq­dorda mablag‘larining zarurligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi.
Demak, maktabgacha ta’limning ertangi porloq kelajagidan barchamiz umidvor va manfaatdormiz.


Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin