O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini boshqarish va metodik rahbarlik qilish usul va uslublarini: bilishi, malaka hosil qilish va amalda foydalana olishi;
maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya berish;
maktabgacha pedagogikadan o‘z faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishilozim.
Yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, uning talaba ma’naviy-axloqiy qiyofasi va umumiy madaniyatiga ta’siri. Kasbiga bo‘lgan qiziqish, kasb faoliyati maqsadini aniq tasavvur qilishga intilish, uning sotsial ahamiyatini tushunish. Sotsial faollikni tarbiyalash, talabalarning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirsh, pedagogik qobiliyat, bilishga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarni rivojlantirish. Kasbiy ijodiy tafakko‘ri, bilimlarini to‘ldirish va yangilashga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirish. Bilimlarni mustaqil egallash, malaka, ko‘nikmalari va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish. Maktabgacha pedagogikaning predmeti va vazifalari; maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanish. Maktabgacha pedagogikada ilmiy-tadqiqot metodlari. Ilk yoshlilar, kichik, o‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogik texnologiyalar; o‘yin, ijodiy, o‘quv faoliyatlarini tashqil etish va boshqarish. Bolalar bog‘chasida, oilada olib boriladigan ta’lim ishining metod va shakllari mazmuni uzviyligi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash. Tarbiya jarayonining uzluksizligi va uning bosqichma-bosqich rivojlanishi. Tarbiya va o‘qitish jarayonlarining birligi va o‘zaro aloqasini amalga oshirish va tarbiya vositasida bolalarni rivojlantirish, tarbiya jarayonining mazmuni, uni tashqil etish shakllari, metodlari va usullari. Bola tarbiyasi masalasini muhokama qilishda psixologiya va pedagogika asosida yondashuv. Maktabgacha pedagogikaning ilmiy asoslari, bola rivojlanishida pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarning o‘zaro aloqasi. Bolalarda tashabbusni namoyon etish va o‘zaro muloqot jarayoni; ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va vositalari, uni tashqil etishning metod va usullari. Bolaning rivojlanishida fanlar va predmetlararo aloqa. Maktabgacha pedagogika tarixi.Sivilizatsiyaning shakllanish davrida ta’lim va tarbiya. Sivilizatsiya davridagi tarbiya xususiyatlari. O‘rta asrlarda SHarqda, Evropada va Rossiyada ta’lim va tarbiya. Maktabgacha muassasalarini tashqil etish va unga rahbarlik etish. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari tizimi, unga rahbarlik qilish va tashqil etishning zamonaviy usullari, uslublari , mudira va uslubchi tomonidan ta’lim- tarbiyaviy va metodik ishlarni tashqil etish tamoyillari, xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik nazorat. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashqil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Maktabgacha ta’lim muassasalari tashqil etish bo‘yicha qonun hujjatlari va amaliyotga joriy etish prinsiplari.
Ta’lim dasturini ishlab chiqishda OTM asosiy ta’lim dasturining ham tarbiya, ham ta’lim sohasidagi, o‘ziga xosligi, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosligi, ilmiy maktablar xususiyatlari, mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan, bosh maqsadini belgilab olishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalari asosiy ta’lim dasturini fan, texnika, madaniyat, iqtisodiyot, texnologiyalar va ijtimoiy soha rivojlanishini hisobga olgan holda muntazam yangilab borishi kerak.
Bakalavriat dasturini ishlab chiqishda OTM bitiruvchilarining umummadaniy kompetensiyalarini (ijtimoiy hamkorlik, o‘z-o‘zini tashqil qilish va boshqarish, tizimli-faoliyatli xarakterlarini) shakllantirish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak.
OTM o‘quv jarayonining ijtimoiy-tarbiyaviy komponentini rivojlantirish ta’lim oluvchilarning jamoat tashqilotlari, sport, ijodiy klublar, talabalar jamiyatlari ishida ishtirokini rivojlantirishga ko‘maklashishi lozim.
Ta’lim oluvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida kompetentli yondashuvni amalga oshirish o‘quv jarayonida mashg‘ulot o‘tkazishning faol va interfaol shakllarini (kompyuterli simulyasiya, ish o‘yinlari, aniq vaziyatlar tahlili va sh.k.), dunyo pedagogik amaliyotida qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalar, o‘qitishning strategiyalari, metodlari va usullarini auditoriyadan tashqari ishlar bilan birgalikda ko‘zda tutishi lozim.
Faol va interfaol shakllarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning yalpi ulushi dasturning asosiy maqsadi, ta’lim oluvchilar kontingentining o‘ziga xosligi, aniq fanlar mazmuni bilan belgilanadi. Talabalarning tegishli guruhlari uchun leksiya mashg‘ulotlari auditoriya mashg‘ulotlarining 50%idan oshmasligi lozim.
Ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamasi, jumladan, asosiy ta’lim dasturini va OTM tomonidan ta’lim dasturiga qo‘shimcha tarzda kiritiladigan fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha auditorii va auditoriyadan tashqari (mustaqil) o‘quv ishlarining barcha turlarining maksimal hajmi haftasiga 54 akademik soatdan oshmasligi lozim.
OTM ta’lim oluvchilarga o‘z ta’lim dasturini uchun, jumladan, yakka tartibdagi ta’lim dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish uchun real imkoniyatlarni ta’minlashi lozim.
OTM ta’lim oluvchilarni ularning ta’lim dasturini shakllantirishdagi huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishi, ta’lim oluvchilar tomonidan tanlangan fanlar (modullar, kurslar) ular uchun majburiy bo‘lishini tushuntirishi lozim.
OTM bakalavriati dasturi ta’lim oluvchilarda fizika, informatika va ta’limda axborot texnologiyalari hamda amaliy chet tili sohasidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantiradigan fanlar (modullar) bo‘yicha laboratoriya praktikumlari va yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Maktabgacha ta’lim ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash ta’lim dasturi bo‘yicha akkreditatsiya qilingan oliy ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi ta’lim, axborot texnologiyalari va o‘qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanib amalga oshirilishi lozim.
Talabalarning chet tilini o‘zlashtirishi, tarbiyachilarning chet tilini o‘qitishi, shuningdek, buning uchun zarur sharoitlarni yaratish bakalavrlar tayyorlashda ustivor sanalishi lozim.
Malakaviy amaliyotlar zamonaviy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi, ular talabalarni amaliyot dasturlarida ko‘zda tutilgan ish o‘rinlari bilan ta’minlashi lozim.
Ta’lim davri mobaynida talaba kamida ikkita Davlat attestatsiyasi (gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy va chet tili fanlaridan) topshiradi va bitiruv malakaviy ishini himoya qiladi. Davlat attestatsiyasi tegishli integratsiyalashtirilgan kurs bo‘yicha o‘quv jarayoni tugashi bilan o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyot talabani kasbiy tayyorlashga yo‘llaydigan o‘quv jarayonining uzviy qismidir. Uning mazmuni maxsus o‘quv fan dasturlaridagi maxsus bo‘limlarda yoki malakaviy amaliyot Nizomida aks ettiriladi.
Malakaviy amaliyot talabaning auditoriyada olgan bilimlarini pedagogik jarayonda sinab ko‘rish, dastlabki malaka va ko‘nikma hosil qilish hamda provard natijada kadrning kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladi. U namunali, tayanch umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.
Pedagogik amaliyotga bitiruvchi kafedralar va pedagogik amaliyot bo‘limi hamda fakultet o‘quv-metodik komissiyalari tashqilotchiligida hisobot konferensiyasi yoki taqdimot shaklida yakun yasaladi.
Amaliyotni o‘tkazish muddatlari o‘quv rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyot tugagandan so‘ng talabalar bajarilgan ish haqida amaliyot tarbiyachilari-rahbarlari va qabul qiluvchi tashqilot vaqillaridan tarkib topgan komissiya oldida hisobot berishadi. Baholash shakli o‘quv rejasida belgilanadi.
Bakalavriat asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish o‘qitilayotgan fanning ixtisosliligiga mos, odatda, bazaviy ta’limga ega bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kadrlar bilan ta’minlanishi kerak.
Ixtisoslik fanlari tarbiyachilari o‘qitilayotgan fan ixtisosligiga mos bazaviy ta’limga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lishlari kerak. Ta’lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashqilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari va etakchi mutaxassislari tarbiyachilikka jalb etilishi mumkin.
Asosiy ta’lim dasturining barcha kurslari, fanlari (modullari) bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlar va materiallar bilan ta’minlanishi lozim.
Ta’lim oluvchilarning auditoriyadan tashqari ishlari metodik ta’minlanishi va uni bajarishga sarflanadigan vaqtga asoslanishi lozim.
Asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish har bir ta’lim oluvchining asosiy ta’lim dasturi fanlari (modullari) to‘liq ro‘yxat bo‘yicha shakllantiriladigan ma’lumotlar bazasi va ARM fondlariga kirishi bilan ta’minlanishi lozim.
Har bir ta’lim oluvchi asosiy ta’lim dasturiga kirgan kasbiy turkumning har bir fani bo‘yicha o‘quv va o‘quv-metodik bosma yoki elektron nashrlar (jumladan, vaqtli nashrlar elektron bazalari) bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Axborot-resurs markazining asosiy fondi oxirgi 10 yilda (gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy siklning bazaviy fanlari uchun – oxirgi 5 yilda) chop etilgan hamma sikllarning bazaviy qismi fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotining chop etilgan yoki elektron nashrlari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha adabiyotlar fondi o‘quv adabiyotlaridan tashqari rasmiy ma’lumot-bibliografik va davriy nashrlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ta’lim dasturini to‘liq amalga oshirish uchun OTMning ARMda ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida keltirilgan fanlar bo‘yicha yaratilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar va chet elda chop etilgan hamda internet tizimidagi axborot manbalari har bir talabaga etarli darajada bo‘lishi kerak.
Ta’lim oluvchilar uchun mahalliy va xorijiy OTM, korxona va tashqilotlar bilan tezkor axborot almashish imkoniyati, zamonaviy kasbiy ma’lumotlar bazalari, axborot va izlash tizimlariga kirishni ta’minlanishi lozim.
Talabalarning bilish faoliyatini samarali boshqarish uchun pedagogik texnologiya talablari va qoidalari asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirishning quyidagi izchilligi tavsiya qilinadi:
- o‘qishning kutiladigan natijalari va talabalarning bilish, talaba qo‘yilgan maqsadlarga erishgandan keyin yoki B.Blumning taksonimiyasiga muvofiq bilish sohasidagi o‘quv maqsadlarining 6 asosiy kategoriyasi (bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez, baholash) orqali harakat (xulq)ga mos keladigan fe’l yordamida namoyon bo‘ladigan o‘quv maqsadlari shaklidagi psixomotor va affektiv sohalardagi vazifalarini shakllantirish;
- tarbiyachining mazkur mashg‘ulotdagi o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarini belgilash;
- tayanch o‘quv savollarini aniqlash;
- har bir kutiladigan natijaga muvofiq trening uchun o‘quv va nazorat topshiriqlarini (savol, masala, test topshiriqlari), o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun zarur hajmda mashqlarni ishlab chiqish;
- mashg‘ulotdan kutiladigan natijani kafolat uchun ishchi dastur, tarbiyachining maqsadlari, talabalarning vazifalari va nazorat tpshiriqlari mazmuniga muvofiq mazmunini ishlab chiqish;
- mashg‘ulotning jarayonini tarbiyachi faoliyati (asosiy o‘rinlar) va u bilan o‘zaro bog‘liq talabalarning faoliyat tavsifi asosida, shu mashg‘ulot uchun tobora samarali (jumladan, interfaol) metodlar, didaktik vositalar va jihozlarni tanlash bilan loyihalashtirish.