Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishidagi hamkorlik



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü77,5 Kb.
#44068
1   2
Maktabgacha ta

XULOSA.
Xulosa o’rnida yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytib o’tish joizki ta’lim tizimi va unda kechayotgan jarayonlar sog’lomlashtirish, shaxsni rivojlantirish eng asosiysi tarbiyaga berilayotgan e’tibor barchamizni qiziqtirishi va nazarimizdan chetda qolmasligi darkor. Chunki, bu ishlarning barchasi bevosita sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilgan. Darhaqiqat, yosh avlod unib o’sayotgan ekan ularga albatta biz o’z e’tiborimizni qaratmog’imiz ularning ta’lim-tarbiya ishlariga alohida yondashmog’imiz shart va bu bizning yosh avlod va xalqimiz oldidagi burchimizdir. Bolalarimizni davlatimiz kelajagini o’ylovchi, o’z vatani uchun jon kuyduruvchi vatanparvarlik ruhida tarbiyalishimiz kerak. Bugungi kunda ta’lim tizimidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish va bu jarayonga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani tahsinga sazovordir. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning o’zaro hamkorligi asosida bolalrga ta’lim berish o’z samarasini ko’rsatadi albatta. Chunki, maktabgacha ta’lim muassasasidagi tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limiga o’tishdan oldin ko’nikmalar, u yerdagi sharoitga bolani asta-sekin tayyorlab borish va maktab haqidagi ijobiy fikrlarni bola tasavvurida shakllantirish bevosita maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari zimmasiga yuklatilgan. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari albatta maktab bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Albatta, maktab bilan hamkorlikda yuqorida aytib o’tilganidek tadbirlar, kechalar, bolalrning bayramlardagi chiqishlari bilan qatnashish va bu jarayonda birgalikda ishtirok etish jarayonlari, ota-onalar majlislarida o’zaro ishtirok etish, 22 pedagoglar o’rtasidagi fikr almashinuvi va suhbat jarayonlarini tashkillashtirish ishning samaradorligini oshiradi va bolalar ta’lim-tarbiyasiga ham bevosita ta’sir ko’rsata olishga yordam beradi. Avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogning malakali va tajribali bo’lishini ta’minlash darkor. Chunki, bolaning fikrlashi, tasavvuriga tarbiyachi bevosita ta’sir ko’rsata olishi kerak. Shundagina bola ongida ezgu fikrlar, bilimga bo’lgan qiziqish, iqtidorini namoyish qila olishi va o’z qiziqishlarini qo’rqmasdan bildira olishi mumkin. Shu o’rinda ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim tizimi haqida to’xtalsak. Maktabgacha ta’lim muassasasi hammamizga ma’lumki ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Bu yerda ta’limdan tashqari bevosita tarbiya jarayoni ham olib boriladi.
Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin