Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasi va rivojlanishi


MAKTABGACHA TA’LIM DAVRINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#122055
1   2   3   4   5
maktabgacha yosdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

MAKTABGACHA TA’LIM DAVRINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  • 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
  • Bu davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi.
  • 3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
  • Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg., bo‘yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z hatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi.

4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyalari

  • 4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyalari
  • Bola to‘rt yoshga yetgach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o‘zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi.
  • 5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
  • Bu davrda bolaning bo‘yi bu davrda 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko‘nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin