Metodika uyushmasi hujjatlari: Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.
Nazorat uchun savollar: 1. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkiliy tizimi va ish mazmuni nimalardan iborat?
2. Maktabgacha ta'lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish faoliyatini to'liq yoritib bering.
3. Maktabgacha ta'lim bo'limi nazoratchi-metodisti kim va unga qo'yilgan asosiy talablar?
4. Nazoratchi-metodist faoliyatining mazmuni nimalardan iborat?
5. Ota-onalar va jamoatchilik bilan ish uslublarini izohlab ko'rsating.
6. Maktabgacha ta'lim bo'limining yillik ish rejasi mazmunini sxemalashtiring.
16-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTGA RAHBARLIK QILISH. PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI.
REJA: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari.
Tayanch tushunchalar: Medik-Pedagogik kengash - Tibbiy-pedagogik kengash.
Programm-metodik - dasturiy-uslubiy hujjat.
Kontingent - maktabgacha ta'lim tashkilotini bolalar bilan to'ldirish.
Metodist - maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti, metodik ishlarga rahbarlik qiladi.