Nazorat qilishning samaradorligiga erishishning muhim talablari: a) Tekshirishning rejali bo’lishi va sistemaliligi;
b) Ish ahvolini analiz qilishning har tomonlama va ilmiy-pedagogik chuqurligi
c) ishchilarga baho berishning xolisligi va xulosalarning isbotlanganligi;
d) Tekshirishni o'z vaqtida boshlash va tugatish;
e) Takliflaming bajarilishini nazorat qilish;
f) Nazoratni yordam berisli bilan qp'shib olib borish;
g) Har qaysi masalaga alohida yondashish (farq qilmoq);
h) Talabchanlik bilan pedagogik taktni qo'shib olib borish;
Nazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari Nazorat qilishga nazoratchi-metodistning tayyorgarligi Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tekshirish oldidan tekshiriladigan tashkilotlar maktabgacha ta’lim bo'limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma tomonidan «Ruxsatnoma» xati olinadi. Bizning institutimiz tomonidan esa Toshkent shahar maktabgacha ta'lim maktabgacha ta'lim boshqarmasiga ma'lumotnoma yuboriladi. Bunda:
1.Tekshiriladigan tuman tashkilotlarning nomi, raqami ko'rsatiladi. Keyin tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi.
2.Tekshirish shahar, hokimiyat - shahar qo'mitalari tomonidan bo’lsa, tekshirish uchun «eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali tashkilot ishi tekshiriladi.
3.Tekshirishi lozim bo'lgan tashkilot haqida maktabgacha ta'lim bo'limidan ma'lumot olish, bunda nazoratchi-metodistga tashkilotsa haqida dastlabki ma'lumotlar berilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarning maktabgacha ta’lim miqyosida tutgan o'rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishiladi;
4.Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko'rsatiladi (Bu tinglovchi- amaliyotchilar uchun).
Nazorat qilishga tayyorgarlik bu - davlatimizning «Maktabgacha ta'lim» bo'yicha qaror, ko'rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib chiqishni nazoratchi-metodistdan talab qiladi. Bu - «Maktabgacha ta'lim» dasturining hamma bo'limlarini yana bir bor chuqur o'rganishni talab qiladi. Shu o'rinda biz yuqorida aytib o'tilgan «Direktiv» va «Me'yoriy» hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat- bu farmon, farmoyish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga aytiladi.