Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə108/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi.
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi.
Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalko).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin