V. Dam olish daqiqasi: Kognitiv o‘yinlar . Kognitiv o‘yinlar qiziquvchanlikni, yangi bilimlar olishga intilishni, bilish faoliyatlarini amalga oshirish mahoratini rivojlantirishga, shuningdek, atrof olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan.
“Belgisiga ko‘ra guruhlarga ajrating” o‘yini
O‘yinning maqsadi: bolalarga predmetlarni muhim belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratishni o‘rgatish, mantiqni rivojlantirish.
Jihoz: turli materialdan tayyorlangan, har xil shakldagi 20 dan ortiq predmetlar kerak bo‘ladi. O‘yin jarayoni:
1. Boshqaruvchi bolalarning eʼtiborini stolda turgan predmetlarga qaratadi.
2. Bolalar 1 dan 4 gacha sanash usulida to‘rtta kichik guruhga bo‘linadi.
3. Har bir guruhga faqat bir xil xususiyatlarga ega predmetlarni tanlab olish topshirig‘i beriladi.
Misol uchun: 1-guruh faqat metall predmetlarni tanlaydi; 2-guruh faqat yog‘och predmetlarni tanlaydi; 3-guruh maktab uchun kerakli predmetlarni tanlaydi; 4-guruh faqat dumaloq shakldagi predmetlarni tanlaydi. Boshqaruvchi har bir guruh bajargan ishlarning yakunini chiqaradi. Topshiriqni xatosiz bajargan guruh ishtirokchilari rag‘batlantiruvchi nishonga ega bo‘ladilar.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)
2- Seminar mashg‘uloti Mavzu: Maktabgacha ta’limda tashkilotlarida pedagogik loyihalashtirish faoliyatining texnologiyalari
Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatining loyihalashtirish texnologiyalardan ta’lim jarayonida qo‘llashni o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:
Pedagogik faoliyat loyihalashtirish haqida tushunchalarga ega bo‘lish
Pedagogik loyihalashtirish faoliyatining texnologiyalari bilan tanishish
Maktabgacha ta’lim pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiystlari bilish.