Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g‘oyasi qadimgi Elladada paydo bo‘lib, o‘rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator pedagoglarining asarlarida o‘ziga xos rivojlanishga erishdi.
So‘nggi o‘n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko‘ra bolalar, o‘spirinlar, o‘smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo‘lgan qadriyatlar;
tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo‘lgan qadriyatlar.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi tamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyat tamoyilida birinchi o‘rinda tenglik emas, balki o‘zaro hurmat va sofdillik turadi.
4- Amaliy mashg’ulot: Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.
Reja:
1.Makro,mikro omillar ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizimlari .
2. Ijtimoiylashuv omilari.
3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni .
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy tarbiya, Korrektsion tarbiya, gayri-ijtimoiy tarbiya, Tarbiya tamoyillari, jamoaviyligi tamoyili, madaniylashuvi tamoyili
STEAM texnologiyasi
Dostları ilə paylaş: |