4.MTT rahbarining o’z imidjini yaratish imkoniyatlari
Imij – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki
boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt
haqidagi axborotni o’zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat
etadigan muayyan sintetik obraz.
Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri,
muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs,
kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali
kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird
an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish,
hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual.
Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul
qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi
sharifi bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda
xajviyadan foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson
qalbining ko’zgusi hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij
sanaladi. Atrofdagilarga innovatsiyani olib kirish.
Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy
holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda,
ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash,
ong ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda
o’z vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash,
mehnat unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv,
uyishxonada emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish,
innovatsiyani pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini
olib borish, g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli
ham deyishimiz mumkin.
Imij turlari
1. KORPORATIV IMIJ (kompaniya, firma, korxona, muassasa, siyosiy partiya,
jamoat tashkiloti va hokazolarning imiji);
Ob’ektiv – sub’ektiv. Bu tashkilot (korxona, korporatsiya) faoliyatining sirtdagi
ko’rinishlari sifatida tushuniladi. Bunda tashkilot (korxona, korporatsiya)
mahsuloti, xodimlarining uniformasi va xulq-atvor uslubi, korporatsiya doirasidagi
munosabatlar kiradi.
Tabiiy – sun’iy. Tashkilot imijini ikki xil usul yordamida yaratish mumkin.
Birinchisi, kompaniya tovarlarini xarid qilish, xizmatlaridan foydalanish.
Ikkinchisi, o’ziga vazifa “yuklash” xususiyatlariga qaratilgan.
Kognitiv – emottsional. Tashkilot imiji xayoliy obrazlar va ruhiy komponentlar
yig’indisi sifatida tavsiflanadi. Xayoliy obrazlarga kognitiv jarayon tavsiflari, ya’ni
eshitish va ko’rish orqali axborot olinganidan so’ng yaratiladigan obrazlar
vositasida fikrlash tizimlari kiradi. Imijning emotsional jihatlariga ayni holda
assotsiatsiyalar, sezgilar, ruhiy holatning shaxsiy xususiyatlari, sharoit ta’siri va
hokazolar kiritiladi.
Imij vazifalari:
48
Hozirgi zamon odamini tarbiyalash;
-turli soha mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirish;
-kasbiy faoliyatning piar bo’yicha mutaxassis, stilist, imijmeyker kabi turlarini
farqlash;
-odamlarga xos bo’lgan jismoniy tortinchoqlikni engish va ularning ma’naviy boy
dunyosini namoyon etishga yordam berish;
-shaxsda yashirinib yotgan ijobiy fazilatlarni aniqlash va ularni ro’yobga
chiqarishga yordam berish;
-turli yoshdagi odamlarga imij haqida bilimlar berish, ularni o’zlashtirishda hamda
shaxslararo va ishga doir munosabatlarni yo’lga qo’yishda ushbu bilimlardan
mohirona foydalanishda ko’maklashish.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi,
barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar
doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga
qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va
ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi;
- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy
bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash
bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori
organiga kiritadi;
- bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o'quv-
tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining
mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan
hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni . tarbiyalashda yuksak
natijalarga erishishga qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi;
kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko'rsatish,
mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan
kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini,
umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam
o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda
va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional
va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun
ma'muriyat ruhiy- pedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan
organik uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha
49
ta'lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik
harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa
aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
|