Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari



Yüklə 209,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü209,06 Kb.
#123558
  1   2
maktabgacha-va-boshlang-ich-ta-limda-nutq-o-stirish-mashg-ulotlari-orqali-bolalarning-mustaqil-fikrlash-qobiliyatlarini-shakllantirishning-samarali-usullari



Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda nutq o’stirish 
mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari 
 
M.Berdiyeva 
Saltanat Bo’ranova 
Termiz davlat universiteti 
 
Annotasiya: Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshidagi 
bolalarning nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali mustaqil fikrlash qobiliyatlarini 
shakllantirishning samarali usullari, muhim tomonlari ko’rsatib o’tilgan. 
Kalit so’zlar: nutq o’stirish, qobiliyat, usul, pedagogik texnologiyalar, bolalar, 
o’yin, ta’lim-tarbiya, pedagog-tarbiyachi, kompyuter, tafakkur, ijodiy qobiliyat. 
 
Effective methods of forming children's independent thinking 
abilities through speech activities in preschool and primary 
education 
 
M.Berdiyeva 
Saltanat Bo’ranova 
Termez State University 
 
Abstract: This article describes the most important ways to develop independent 
thinking skills in children of preschool and primary school age through speech 
development. 
Keywords: speech development, ability, method, pedagogical technology, 
children, play, education, pedagogue, computer, thinking, creative ability. 
Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi 
usullarni qo‘llab, bolalarga chuqur bilim berish maktabgacha va boshlang‘ich 
ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik 
texnologiyalar ta’lim jarayoniga olib kirildi. 
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U 
bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bulgan 
ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayerlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan 
maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va 
oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi - bolalarni maktabdagi 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
425


o‘qishga tayerlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, 
qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini 
tarbiyalashdir. Shularni hisobga olib,”Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi
1
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining sonli qarori hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi”

tasdiqlandi. Bu qonun hujjatlarida Maktabgacha ta’lim 
tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada 
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan 
ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy 
rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya 
jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish kabi 
masalalar o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizni olib borayotgan mazkur siyosati 
maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglardan g‘oyat 
katta ma’suliyat hamda o‘qitishning yangi texnologiyalaridan keng foydalanishni talab 
etadi. Shularni hisobga olib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama 
maktab ta’limiga tayyorlash, ular orasida bola nutqini rivojlantirish masalasi eng 
asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini 
to‘lik ifoda etib, aytib bera olishga o‘rgatish masalaning dolzarbligini ko‘rsatib beradi. 
Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta’limda bolalar 
nutqini o‘stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy 
izlanishlar asosida yaratilgan - Bolajon tayanch dasturini o‘quv jarayoniga joriy etish, 
nutq o‘stirish metodikasi bo‘yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va 
amaliy jihatdan mutanosibligini ta’minlaydi, nutq o‘stirish usullarini ishlab beradi. Uni 
takomillashtirish, eng qulay usulni qo‘llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o‘rgatish, 
nutqda til birliklaridan foydalanish, o‘zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida 
fikrni to‘g‘ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til 
birliklarini ajrata bilish (tovush, so‘z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o‘rganib 
borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi. Demak, nutq o‘stirish 
metodikasi fani maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish vazifasini amalga oshiradi
bolalarda ifodali, aniq, lo‘nda va obrazli so‘zlashishni shakllantirish orqali ona tilini 
amaliy o‘rgatadi, bolalarga ta’lim beradi. Nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha 
ta’limda bolalarni og‘zaki nutqini o‘stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy 
muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli 
foydalanish, ya’ni nutq va xulq egasi bo‘lish kabi ma’naviy axloqiy sifatlarni, so‘zlash 
odobini egallashni shakllantiradi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli qarori 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli qarori 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
426


rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya’ni usulika bolalar nutqini o‘stirish orqali ularning 
nutq a’zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli 
bo‘lishini ta’minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq 
odobi, ma’naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq 
tushunarli ta’sirchan bo‘ladi, bola o‘z nutqini to‘zatib boradi. Nutqni rivojlantirish 
nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish 
ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga 
barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «...Tilni egallash jarayoni - 
bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. 
Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni 
shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov 
berishdir» (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta’sirlar 
bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, “o‘z-o‘zidan 
harakatga kelishi” bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy 
tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va 
mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi. 
“Antonim so‘zlar” o‘yini 
Bu o‘yin katta va tayyorlov guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. O‘yin mashg‘ulot 
bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan 
umiddamiz. O‘yin induvidual, guruh bilan ham o‘tkazilsa ham bo‘ladi. O‘yin sharti 
qo‘yidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so‘zni aytadi, bola esa shu so‘zning qarama-qarshi 
ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiqyumshoq, 
uzoq-yaqin va xokazolar. Odatda bollar o‘yin boshida bir oz qiynaladilar, aytilgan 
so‘zga javoban, antonim emas sinonim so‘zlar bilan javob beradilar. Ammo o‘yinning 
mohiyatini tushunib olganlaridan so‘ng abstrakt tushunchalarni ham osonlik ilan 
anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar. Masalan: chaqqoon-
yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz va xokazolar. 
“Avval nima bo‘lgan edi” o‘yini 
Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval 
nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot - toychoq, kapalak - qurt 
kabilar. Bundan tashqari bittadan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham 
foydalanish mumkin. Masalan: non - un - bug‘doy, uy - g‘isht - loy, stol - yog‘och - 
daraxt - urug‘, ko‘ylak - mato - ip - paxta - chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Bu 
tarzda tashkil etilgan darsda o‘quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va 
o‘z fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi. 
Boshlang‘ich ta’limda ona tili bolalarda mantiqiy fikrlash, lug‘at boyligini oshirish, 
og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish)ga, fonetika
leksika, so‘z yasalishi va gramatikaga oid bilimlarni o‘rganish uchun zamin yaratishga 
xizmat qilishi lozim. 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
427


Ma’lumki, ona tili darsida ham lug‘at ishlarini o‘tkazish bolalarda o‘zi uchun 
notanish bo‘lgan so‘zni izohi haqida qiziqish paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarning izohini 
topishda o‘quvchining o‘zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi 
metod bolalarning so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug‘at bilan ishlashga ham 
o‘rgatadi. Darslarda interaktiv usullar qo‘llashni shunday tashkil etish kerakki, bunda 
sinfdagi barcha bolalar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv 
materiallarining ma’lum bir qismi bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. O‘qituvchi 
o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. Bolalarning sinfda o‘zini 
erkin his qilishi va o‘quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana 
shundagina u o‘zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. 
Tarbiyachi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda 
o‘rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to‘g‘ri 
qo‘llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko‘p qo‘llansa, bolalarning 
ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Demak, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTT, oila, mahalla, maktabning 
roli juda katta. Ular birgalikda bolaga ham ta’lim va tarbiya beradilar. Uzluksiz 
ta’limda izchillik esa o‘z navbatida Vatanga sadoqatli, imon-e’tiqoti butun, o‘z 
mustaqil fikriga ega, har tomonlama qobiliyatli, o‘z kelajagini o‘zii qura oladigan 
shaxslarni tarbiyalashda dasturul amal hisoblanadi. 
Bola tarbiayasida mustqil fikrlash uning komil inson darajasida intilib, orzu-
umidlar va ezgu maqsadlar yo‘lida yashashga undaydi, vijdon oldida soflikni 
ta’minlaydi. Faqat MTT-oila-maktab hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgandagina, har 
bir oilada badiiy adabiyotga qiziqish ortgandagina, jamiyatda o‘sish va rivojlanish 
sezilarli darajada o‘z kuchini ko‘rsatadi. Inson ma’naviyatli va madaniyatli bo‘lib 
tug‘ilmaydi, u bilim olish jarayonida shakllanadi. Bizning oldimizda turgan eng katta 
masalalardan bir esa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol topgan 
shaxs sifatida tarbiyalanishi uchun qo‘limizdan keladigan barcha ezgu ishlarni 
qilishdir, Zero, ertangi kun O‘zbekiston taraqqiyoti bilimli, salohiyatli, oqil va odil 
shaxslar qo‘lida bo‘lishi har doim muhim vazifa hisoblanib kelingan. 
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi bolalarni 
maktabda ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya’ni, bolalar maktabgacha ta’limda 
aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning 
nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat 
Ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, 
tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, 
eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega 
bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, 
ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha 
kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
428


taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi. 

Yüklə 209,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin