Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda nutq o’stirish
mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari
M.Berdiyeva
Saltanat Bo’ranova
Termiz davlat universiteti
Annotasiya: Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshidagi
bolalarning nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirishning samarali usullari, muhim tomonlari ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar: nutq o’stirish, qobiliyat, usul, pedagogik texnologiyalar, bolalar,
o’yin, ta’lim-tarbiya, pedagog-tarbiyachi, kompyuter, tafakkur, ijodiy qobiliyat.
Effective methods of forming children's independent thinking
abilities through speech activities in preschool and primary
education
M.Berdiyeva
Saltanat Bo’ranova
Termez State University
Abstract: This article describes the most important ways to develop independent
thinking skills in children of preschool and primary school age through speech
development.
Keywords: speech development, ability, method, pedagogical technology,
children, play, education, pedagogue, computer, thinking, creative ability.
Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi
usullarni qo‘llab, bolalarga chuqur bilim berish maktabgacha va boshlang‘ich
ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik
texnologiyalar ta’lim jarayoniga olib kirildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U
bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bulgan
ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayerlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan
maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va
oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi - bolalarni maktabdagi
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
425
o‘qishga tayerlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish,
qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini
tarbiyalashdir. Shularni hisobga olib,”Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
1
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining sonli qarori hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi”
2
tasdiqlandi. Bu qonun hujjatlarida Maktabgacha ta’lim
tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy
rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya
jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish kabi
masalalar o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizni olib borayotgan mazkur siyosati
maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglardan g‘oyat
katta ma’suliyat hamda o‘qitishning yangi texnologiyalaridan keng foydalanishni talab
etadi. Shularni hisobga olib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama
maktab ta’limiga tayyorlash, ular orasida bola nutqini rivojlantirish masalasi eng
asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini
to‘lik ifoda etib, aytib bera olishga o‘rgatish masalaning dolzarbligini ko‘rsatib beradi.
Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta’limda bolalar
nutqini o‘stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy
izlanishlar asosida yaratilgan - Bolajon tayanch dasturini o‘quv jarayoniga joriy etish,
nutq o‘stirish metodikasi bo‘yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va
amaliy jihatdan mutanosibligini ta’minlaydi, nutq o‘stirish usullarini ishlab beradi. Uni
takomillashtirish, eng qulay usulni qo‘llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o‘rgatish,
nutqda til birliklaridan foydalanish, o‘zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida
fikrni to‘g‘ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til
birliklarini ajrata bilish (tovush, so‘z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o‘rganib
borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi. Demak, nutq o‘stirish
metodikasi fani maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish vazifasini amalga oshiradi,
bolalarda ifodali, aniq, lo‘nda va obrazli so‘zlashishni shakllantirish orqali ona tilini
amaliy o‘rgatadi, bolalarga ta’lim beradi. Nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha
ta’limda bolalarni og‘zaki nutqini o‘stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy
muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli
foydalanish, ya’ni nutq va xulq egasi bo‘lish kabi ma’naviy axloqiy sifatlarni, so‘zlash
odobini egallashni shakllantiradi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli qarori
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli qarori
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
426
rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya’ni usulika bolalar nutqini o‘stirish orqali ularning
nutq a’zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli
bo‘lishini ta’minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq
odobi, ma’naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq
tushunarli ta’sirchan bo‘ladi, bola o‘z nutqini to‘zatib boradi. Nutqni rivojlantirish
nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish
ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga
barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «...Tilni egallash jarayoni -
bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas.
Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni
shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov
berishdir» (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta’sirlar
bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, “o‘z-o‘zidan
harakatga kelishi” bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy
tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va
mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi.
“Antonim so‘zlar” o‘yini
Bu o‘yin katta va tayyorlov guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. O‘yin mashg‘ulot
bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan
umiddamiz. O‘yin induvidual, guruh bilan ham o‘tkazilsa ham bo‘ladi. O‘yin sharti
qo‘yidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so‘zni aytadi, bola esa shu so‘zning qarama-qarshi
ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiqyumshoq,
uzoq-yaqin va xokazolar. Odatda bollar o‘yin boshida bir oz qiynaladilar, aytilgan
so‘zga javoban, antonim emas sinonim so‘zlar bilan javob beradilar. Ammo o‘yinning
mohiyatini tushunib olganlaridan so‘ng abstrakt tushunchalarni ham osonlik ilan
anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar. Masalan: chaqqoon-
yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz va xokazolar.
“Avval nima bo‘lgan edi” o‘yini
Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval
nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot - toychoq, kapalak - qurt
kabilar. Bundan tashqari bittadan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham
foydalanish mumkin. Masalan: non - un - bug‘doy, uy - g‘isht - loy, stol - yog‘och -
daraxt - urug‘, ko‘ylak - mato - ip - paxta - chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Bu
tarzda tashkil etilgan darsda o‘quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va
o‘z fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi.
Boshlang‘ich ta’limda ona tili bolalarda mantiqiy fikrlash, lug‘at boyligini oshirish,
og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish)ga, fonetika,
leksika, so‘z yasalishi va gramatikaga oid bilimlarni o‘rganish uchun zamin yaratishga
xizmat qilishi lozim.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
427
Ma’lumki, ona tili darsida ham lug‘at ishlarini o‘tkazish bolalarda o‘zi uchun
notanish bo‘lgan so‘zni izohi haqida qiziqish paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarning izohini
topishda o‘quvchining o‘zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi
metod bolalarning so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug‘at bilan ishlashga ham
o‘rgatadi. Darslarda interaktiv usullar qo‘llashni shunday tashkil etish kerakki, bunda
sinfdagi barcha bolalar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv
materiallarining ma’lum bir qismi bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. O‘qituvchi
o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. Bolalarning sinfda o‘zini
erkin his qilishi va o‘quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana
shundagina u o‘zining fikrlarini erkin bayon qila oladi.
Tarbiyachi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda
o‘rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to‘g‘ri
qo‘llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko‘p qo‘llansa, bolalarning
ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Demak, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTT, oila, mahalla, maktabning
roli juda katta. Ular birgalikda bolaga ham ta’lim va tarbiya beradilar. Uzluksiz
ta’limda izchillik esa o‘z navbatida Vatanga sadoqatli, imon-e’tiqoti butun, o‘z
mustaqil fikriga ega, har tomonlama qobiliyatli, o‘z kelajagini o‘zii qura oladigan
shaxslarni tarbiyalashda dasturul amal hisoblanadi.
Bola tarbiayasida mustqil fikrlash uning komil inson darajasida intilib, orzu-
umidlar va ezgu maqsadlar yo‘lida yashashga undaydi, vijdon oldida soflikni
ta’minlaydi. Faqat MTT-oila-maktab hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgandagina, har
bir oilada badiiy adabiyotga qiziqish ortgandagina, jamiyatda o‘sish va rivojlanish
sezilarli darajada o‘z kuchini ko‘rsatadi. Inson ma’naviyatli va madaniyatli bo‘lib
tug‘ilmaydi, u bilim olish jarayonida shakllanadi. Bizning oldimizda turgan eng katta
masalalardan bir esa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol topgan
shaxs sifatida tarbiyalanishi uchun qo‘limizdan keladigan barcha ezgu ishlarni
qilishdir, Zero, ertangi kun O‘zbekiston taraqqiyoti bilimli, salohiyatli, oqil va odil
shaxslar qo‘lida bo‘lishi har doim muhim vazifa hisoblanib kelingan.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi bolalarni
maktabda ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya’ni, bolalar maktabgacha ta’limda
aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning
nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat
Ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi,
tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish,
eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega
bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni,
ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha
kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
428
taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: |