Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 1)
ISSN 2181-1709 (P)
120
Education and innovative research 2022 y. №1
odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan
qiziqish orta boradi. Didaktik o’yinlar har bir mashg’ulotning maqsadini, har
bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tuShunib olishga yordam
beradi.
Didaktik o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, tarbiyachining nutqini va
bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish,
teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa tarbiyachining aytganlarini
bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, yahni
didaktik o’yinlar qoidalarini bolalarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi.
Didaktik o’yinlarning bu tarzda tuzilish hususiyatlari bolalar faoliyatini tahlil
qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida
qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik o’yinlar bolaning his-tuyg’usiga ta’sir etib, unda ta’limiy
mashg’ulotlarga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi.
Bolalar o’yinni zo’r mamnuniyat bilan ijro etadi. O’yin boshlanishini esa
sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beihtiyor ertangi mashg’ulotning
quvonchli manzarasi gavdalanadi.
Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir guruh bolalari
ishtirok qiladi. Masalan, «Doiraviy misollar» o’yinida hamma bolalar masala
echadi, «Zanjircha»da 10, «Do’koncha»da 8—12 bola, «Narvoncha» da esa
qariyb hamma bolalar masala echadilar va hokazo.
Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan bazi birlari bevosita
ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo-ishoralar
vositasida bevosita
qatnashadilar. Masalan, ko’zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini
tinglaydilar, «Eng yaxshi hisobchi», «Kim aniqroq va tezroq» kabi o’yinlarda
o’z o’rtoqlarining topshiriqni qanchalik to’g’ri-noto’g’ri bajarayotganlarini
kuzatib boradilar. Bu esa tarbiyachiga bolalar faoliyatiga individual
munosabatda bo’lish imkonini beradi.
Biz
bilamizki, bolalar o’qishning o’zidagina o’smaydilar, balki ular
o’yin jarayonida ham hamjihat bo’lishga, hayotni bilishga o’rganadilar. Bu
o’yinlarda bolalarning o’z-o’zlarini boshqara, tuta bilishga o’rganishlarini
tahkidlab o’tish lozim. Bu o’yinlar bolalarni intizomli qiladi.
Xulosa o’rnida
aytish mumkinki, didaktik o’yinlar hamjihatlik va
intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin g’alaba
qozonishga intilish bilan bog’liq bo’lib, o’yin
shartlari va qoidalariga
qathiy va izchil rioya qilishni talab etadi. «Kim aniqroq va tezroq», «Bo’sh
kelma», «Eng yaxshi hisobchi», «Ko’rganni eslab qolish diktanti» singari
o’yinlarni o’tkazish paytida bolalar guruh honasida jimjitlik bo’lishiga
bolalarning o’zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq
uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib
o’tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan