Emaklash va tirmashib chiqish uchun mashqlar. 3-4 m. ga emaklash, 25-30 sm. li to‘siq tagidan o‘tish, polda yotgan holda ustidan oshib o‘tish. Arqonli narvoncha, gimnastika devorchasidan bolaga qulay bo‘lgan usul bo‘yicha yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushish.
Muvozanat saqlash uchun mashqlar. To‘g‘ri yurish, ilon izi yo‘lakchadan, to‘g‘ri, ilon izi, doira bo‘ylab tashlab qo‘yilgan arqonchadan, bir tomoni poldan ko‘tarib qo‘yilgan taxtachadan, gimnastika o‘rindig‘i ustida yurish.
Usti silliqlangan taxta bo‘ylab, gimnastika o‘rindig‘i ustida emaklab yurish.
10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan: xalqadan - xalqaga, yashikdan - yashikka sakrab o‘tish, taburetka (25 sm. balandlikdagi), o‘rindiq ustiga chiqish, qo‘llarni ikki yonga uzatgan holda turish. Oyoq uchida ko‘tarilish va yana dastlabki holatga qaytish. Turgan joyida asta-sekin aylanish.
Dostları ilə paylaş: |