Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport mashqlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanish manitorining olib boorish



Yüklə 112 Kb.
səhifə9/10
tarix09.09.2023
ölçüsü112 Kb.
#142302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport mashqlari. Maktabgacha

Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qo‘l va yelka uchun mashqlar. Qo‘llarni oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish va har safar navbat bilan pastga tushirish. Qo‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda kaftlarni ochib-yopish va aylantirish. Qo‘llarni birin-ketin navbat bilan oldinga va yuqoriga ko‘tarish, tushirish orqaga siltash. Qo‘llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilish.
Oyoq uchun mashqlar. Oyoq uchida tik turish, navbati bilan avval tovonda so‘ng oyoq uchida turish, ketma-ket bir necha marta yarim o‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yig‘ish tovon bilan buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarish.
Gavda uchun mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar bilan turli harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda tutiladi.
Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo‘lib saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma-ket yurishdan juft-juft bo‘lib yurishga o‘tishga o‘rgatish. 3 guruhga saflanib turish.
Harakatli o‘yinlar. “Uchdi-uchdi”, “Chori c hambar”, “Ko‘z boylag‘ich”, “Chitti gul”,“Qoch bolam, qush keldi” v.b.
Sport mashqlari. Velosiped minish va unda doira bo‘ylab yurish, o‘ngga va chapga burilish. Roliklarda uchish; rolikli poyafzalni mustaqil kiyish va yechish, dastlabki holatga to‘g‘ri turish, ikki oyoqlab yurish, suzishga tayyorlash, Suvdagi o‘yinlar “To‘pning ketidan suz” v.b.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin