Mashg’ulot haqidagi fikrlarini bildiradilar, uyga vazifani belgilaydilar.
Mashg’ulotning borishi:
Ma’lumki maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilar hayotining asosini o’yinlar tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda tarbiyachilar mashg’ulotlarni о’yin asosida tashkil qihshga harakat qiladilar. Bu esa mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadga erishish yo’lini qisqartiradi.
О’yinning birinchi bosqichida oldindan tayyorlab qo’yilgan tomonlari 8 sm
ga teng tomonli kubiklarga bola kundalik hayotida ко’rib turadigan narsalarning
suratlari yelimlanadi va kubiklar aralashtirib tashlanadi. Bolalardan ma’lum
turkumga kiruvchi predmetlarning masalan, mashinalarning rasmlarini yoki uy
xayvonlarining rasmlarini kubiklar orasidan terib olish topshirig’i beriladi. Bunday
mashqlarni bola tez uddalaydi. Bu o’yin bir necha marta takrorlansa bolaga o’yinga qiziqish uyg’onadi.
O’yinning ikkinchi bosqichida kubiklarning bir tomoniga bir predmetning olti yoki sakkizga bo’lingan rasmi yelimlanadi. Kubiklar aralashtirib tashlanadi va boladan birorta rasmni tiklab berish talab qilinadi. Bunday o’yinlarda bolada rasmlarni yodda saqlab qolish qobiliyatlari tarkib toptirila boradi.
O’yinning uchinchi bosqichida kubiklarning oltala tomoniga rasm bo’laklari yelimlanadi. Endi kubik o’yinidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadga erishish vaqti yetib keladi. Kubiklar aralashtirib tashlanadi va bolalardan birorta rasmni tiklab berish talab qilinadi. Bolalar rasmni tiklashga erishganlaridan so’ng rasm asosida ertak to’qish vazifasi yuklanadi. Mashq bir necha marotaba takrorlanadi va bitta rasm asosida bir necha hil ertaklar yuzaga keladi. Mashg’ulotda yaxshi ishtirokchilar rag’batlantirib boriladi. Shunday qilib mashg’ulot osondan qiyinga, oddiydan marakkabga qarab rivojlantirib boriladi.
Bunday mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish, maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyalanuvchilarining o’tilgan mavzu yuzasidan bilimlarining mustahkamlanishiga, ijodiy, mustaqil fikrlash malakasiga ega bo’lishlarida, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalariga ega bo’lishlarida, o’zaro o’rtoqlik, do’stlik munosabatlarining tarkib topishida, chaqqonlik va epchillik fazilatlarining rivojlanishida muhim omil bo’lib hizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ta’lim taraqqiyotida pedagogik innovatsiyalarni to’liq o’zlashtirish nazariyasi va amaliyoti ta’lim sohasida yangicha fikrlashga olib kelishi shubhasizdir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda tarbiyachidan yuqori malaka va bolalar fikrlarining to’g’ri- noto’g’riiligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror ko’rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega bo’ladi.