Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvi



Yüklə 349,75 Kb.
səhifə3/5
tarix21.12.2023
ölçüsü349,75 Kb.
#188109
1   2   3   4   5
maktabgacha-yoshdagi-bolalarning

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 248









SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601







kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining
muhim shartidir2.
Masalaning asosiy jihatlaridan biri sifatida ushbu talim tizimining ijtimoiy
funksiyalarini alohada sanab o’tish lozim.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:3
- bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
- bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish
mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash;
- bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash
malakalarini shakllantirish.
- bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad
qilib belgilaydi.
NATIJA
Yuqoridagi tahlillar va dastur tarkibini o’rganish natijasida ushbu jihatlarni
aniqladik:4
 -Maktabgacha ta’lim tashkilotlari lari hududlarining demografik,
ijtimoiyiqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi
 Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni
oldiga maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” orqali nazorat qilinadi.
 Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya
mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga
qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof
etiladi.
Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy
buyurtmasi, ota-onalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi,
qobiliyati, ruhiy rivojlanishi va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib
chiqiladi. Bola kishilik jamiyatining sog‘lom va faol a’zosi bo‘lib yetishishi uchun
odamlar orasida yashashi, insoniyat hayoti va mehnati jarayonida ko‘p asrlardan buyon
to‘plab kelinayotgan bilimlarni egallab borishi, kattalar tarbiyasida bo‘lmog‘i lozim.
Bolaning xotirasi va kuzatuvchanligi, diqqati va tafakkuri, histuyg‘ulari va irodasini
mashq qildirish kabi faoliyatlar, odatda murabbiy va tarbiyachilar tamonidan amalga
oshiriladi.
2 D.Q. Asqarova “Bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” o‘quv qo‘llanma Toshkent-2020 33-b
3 Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish
uslubiyoti (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). – Qarshi: Nasaf, 2011. 33-b
4 Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil qilish . Bola shaxsini
rivojlantirishning dolzarb muammolari mavzusidagi II xalqaro anjuman. –T.: 2009.

Yüklə 349,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin