Maktabgacha yoshdagi bolalik davri. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida rivojlanishi Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida psixologiya



Yüklə 305,52 Kb.
səhifə1/13
tarix13.06.2023
ölçüsü305,52 Kb.
#129684
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida rivojlanish xususiyatlari


MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida rivojlanish xususiyatlari
REJA.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalik davri.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida rivojlanishi

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida psixologiya

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida psixologik xususiyatlar



KIRISH.
Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat. Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida psixologiya fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarni barcha psixik jarayonlar va hodisalarning mohiyatini hamda maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi bilan bog‘liq holda shu jarayon va hodisalarning rivojlanishini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushuntirib berishga o‘rgatishdir. O‘quvchilar psixologiyani o‘rganish natijasida bolalarning psixik xususiyatlarini tushuntirib bera oladigan tarbiyachi bo‘libgina qolmay, balki shaxsning voyaga yetishida mas’ul o‘rin egallaydilar. Ushbu o‘quv qo‘llanma bolalar psixologiyasi fanining asosiy muammolarini o‘z ichiga olib, u pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi asoslaridan iborat bo‘lib, 10 bobdan iborat. Har bir bob o‘zining mazmuniga asosan yoritilgan bo‘lib mavzu oxirida mustahkamlash uchun nazorat savollari berilgan. Psixologiyani o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy xislatlar: diqqatlilik, kuzatuvchanlik, esda qoldira olish, oqilona ishlash xislatlarini o‘stirish bilan shug‘ullanishi, o‘z xayoli, ijodiy mustaqil fikrlashi, o‘z hislarini boshqara olishi, qobiliyatini o‘stirish zarurligi masalasi qo‘yiladi va rivojlantiriladi.


Yüklə 305,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin