“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
161
ogʻzaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam toʻgʻrisiga
faqat javoblarini yozib
qoʻyadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davomida oʻtkazish
maqsadga muvofiq.
Natijalar:
Matematika fanidan sinfdan tashqari ishlar deyilganda oʻquvchilarning
matematik bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan
darsdan
tashqari, qatnashish ixtiyoriy boʻlgan mashgʻulotlarni, yaʼni matematika
dasturining oʻrganish majburiy boʻlgan qismiga kiritilmagan nazariy materiallarni,
amaliy ishlarni oʻrganish va dasturning materiallarini yanada chuqurroq oʻrganish
maqsadida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar tushuniladi.
Oʻquvchilarni fanga qiziqishi, dastlab dars jarayonini tashkil etishga bogʻliqdir.
Shu
bilan birga, yaxshi tashkil etilgan sinfdan tashqari tadbirlar yordamida ham
oʻquvchilarning matematikaga qiziqishlarini ancha orttirish mumkin. Matematika
faniga qiziquvchi oʻquvchilarga matematika darsida olgan bilimlari kamlik qiladi. Ular
matematikaga oid koʻproq
bilim olishni, matematikaning turmushda qanday
qoʻllanilishini bilishni, qiziqarli va murakkab masalalarni koʻproq
yechishni,
matematika tarixiga doir materiallar bilan tanishishni, fanning yangi yutuqlaridan
xabardor boʻlib turishni xohlaydilar.
Dostları ilə paylaş: