Maktablarda matematika fani darslarida sinfdan


Adabiyotlar tahlili va metodologiya



Yüklə 27,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü27,11 Kb.
#169939
1   2   3
mustaqilll

Adabiyotlar tahlili va metodologiya: 
Qoʻshish amali sonlarni koʻpaytirish amallari uchun asos boʻlib xizmat qiladi. 
Koʻpaytirish uning komponentlari bilan natijalari orasidagi bogʻlanishlarni oʻrganish 
oʻz navbatida boʻlish amalini oʻrganish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. 
Oʻquvchilarning ogʻzaki hisoblash malakalari turli xil mashqlarni bajarishlari 
jarayonida rivojlanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning eng asosiy vazifalardan biri, oʻquvchining ana shu 
istaklarini qondirish, ularning matematikaga qiziqishlarini mustahkamlash va 
takomillashtirishdan iborat. Matematika toʻgaragida oʻrganiladigan materiallarning 
mohiyatini va hajmini chegaralab qoʻyish qiyin. Toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtish 
vaqtida sofizm, fokuslardan foydalanish oʻquvchi qiziqishlarini oshirishda asosiy omil 
hisoblanadi. 
Ogʻzaki hisoblash malakalarini tekshirish niyatida sinfning hamma oʻquvchilari 
bilan misol va masalalar yechishda qoʻllaniladi. Oʻqituvchi misolni aytadi, oʻquvchilar 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
161
ogʻzaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam toʻgʻrisiga faqat javoblarini yozib 
qoʻyadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davomida oʻtkazish 
maqsadga muvofiq. 
Natijalar: 
Matematika fanidan sinfdan tashqari ishlar deyilganda oʻquvchilarning 
matematik bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan 
darsdan tashqari, qatnashish ixtiyoriy boʻlgan mashgʻulotlarni, yaʼni matematika 
dasturining oʻrganish majburiy boʻlgan qismiga kiritilmagan nazariy materiallarni, 
amaliy ishlarni oʻrganish va dasturning materiallarini yanada chuqurroq oʻrganish 
maqsadida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar tushuniladi. 
Oʻquvchilarni fanga qiziqishi, dastlab dars jarayonini tashkil etishga bogʻliqdir. 
Shu bilan birga, yaxshi tashkil etilgan sinfdan tashqari tadbirlar yordamida ham 
oʻquvchilarning matematikaga qiziqishlarini ancha orttirish mumkin. Matematika 
faniga qiziquvchi oʻquvchilarga matematika darsida olgan bilimlari kamlik qiladi. Ular 
matematikaga oid koʻproq bilim olishni, matematikaning turmushda qanday 
qoʻllanilishini bilishni, qiziqarli va murakkab masalalarni koʻproq yechishni
matematika tarixiga doir materiallar bilan tanishishni, fanning yangi yutuqlaridan 
xabardor boʻlib turishni xohlaydilar. 

Yüklə 27,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin