Oktabr 4, 2006
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash
texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va
antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar
sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni
kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni
bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli
texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot
sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va
idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini
ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va
kommunikasiya tuzilishini tubdan o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter
tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi.
Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya
uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat
rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib
borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan
iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari
bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni
yengib o‘tish imkon beradi:
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish
natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta
ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa,
axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak
b’ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar
uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i
orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global
fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida
qayta aloqani ta’minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi
eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari
axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron
pochta, elektron kutubxonalar – saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar
beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv
va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish –
seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib
berishgacha – elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini
oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni
yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali
kanallari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan – bu ta’lim tizimini
rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg‘or
axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat
faqat fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham
bog‘liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda
Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud
bo‘lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo‘shilmoqda.
Bugungi kunda Internetga simsiz ulanishni ta’minlovchi, shu jumladan, mobil
telefonlar soni Internetga ulanadigan shaxsiy kompyuterlar sonidan ortib ketdi.
Hozirgi kunda elektron savdo jahondagi hajmi 233 mlrd. dollarni tashkil etadi.
foydalanuvchilar soni ko‘payib borishi bilan axborot texnologiyalari faqat inson
tasavvuri imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Barkamol, har tomoonlama
rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh avloddan faqat
milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy dunyo madaniyati
yutuqlarini ham egallab olishga intilishni shakllantirishni talab etadi. Barkamol
shaxsni tarbiyalash g‘oyasi milliy mustaqillikning ustuvor g‘oyalaridan biri
hisoblanadi.
Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi
hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so‘zsiz yangi
axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib,
fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar
statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil
Respublikamizning rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik,
mukammal bo‘lishi kerak.
Gumanitar ta’lim tizimi – bu shaxsiy fikrlashini qayta anglab yetish, yangi o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish, doimiy fikr almashish doimiy jarayonidir. Hozirgi
paytda kompyuter tarmoqlari davrida yangi texnologiyalarni yaratish va tarqatish
xususiyatlari o‘zgarmoqda hamda bu quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘lmoqda:
birinchidan, yuksak raqobatchilik hukm surishi bilan ajralib turadigan zamonaviy
global bozorda ko‘nikmalar har qachongidan ham katta ahamiyatga ega.
Texnologiyalarni uzatish va tarqatish juda murakkab jarayon. Ikkinchidan,
texnologiyalar qimmatliligini tan olinishini aks ettiruvchi yangi global normalarni
ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Deyarli barcha mamlakatlar tomonidan maqullangan yangi qoidalari intellektual
xususiylikni himoya qilish rejimlarini barcha yerda kuchaytirmoqda. Uchinchidan,
butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik loyihalashtirish sektorida
xususiy sektor yetakchi rol o‘ynaydi. Bu sektorda yangi texnologiyalarni ishlab
chiqish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar, bilimlar va kadrlar katta qismi
jamlangan. To‘rtinchidan, eng yuksak malakali texnik mutaxassislarni ish bilan
ta’minlovchi global mehnat bozori shakllanadi. Beshinchidan, yangi kompaniyalar,
ilmiy-tadqiqotchilik laboratoriyalari va moliyalashtiruvchilar hamda korporasiyalar
yangi texnologiyalar ishlab chiqarish global markazlariga birlashmoqdalar. Buning
natijasida olimlar, moliyalashtiruvchilar va tadbirkorlarning o‘zaro zarur
aloqalarini ta’minlovchi yangi dinamik muhit yuzaga kelmoqda.
Bunday markazlarda turli mamlakatlardan eng yaxshi olimlar va tashabbuskor-
tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar, bu investorlarni jalb etish uchun katta
imkoniyatlar yaratmoqda. Investorlar ham bu ishlarga qiziqish bilan qaramoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |