Toshkent 2023 4-Maruza: Ma’lumotlar bazasida realitsion model va munosabatlar
Reja:
1. Realitsion ma’lumot modeli
2. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar
3. Realitsion model mohiyati
Ma‟lumotlarning relyatsion modeli. Relyatsion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli kontseptsiyasi 1970 yilda Ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u
ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Real dunyo ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini Ye.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA
munosabatidan foydalaniladi.
Mashina muhitida ma’lumotlarni tashkil etish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, mantikiy va fizik pog‘onalar bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarni bevosita fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma’lumotlarni tashkil etishning bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta’minlanadi. Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma’lumotlarni mantiliy tashkil etish xakidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina "tashuvchisi"da ma’lumotlarni mantikiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy vositalardan va mashina muxitida ma’lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq. Ma’lumotlarni tashkil etishning mantikiy usuli foydalanilayotgan ma’lumotlar tuzilishining turi va dasturiy vositalar orkali qullaniladigan modelning shakli aniqlanadi.
Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bulib, u ko‘plab omillardan bog‘liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta’minotlar, hamda avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi. Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismdan iborat:
1.Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga muljallangan ma’lumotlar tuzilmasi. 2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar. Ular ko‘rib chiqilayotgan ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil etadi. YAxshi ma’lumotlar tuzilmasining uzigina etarli emas. Ma’lumotlarni aniklash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bulish zarur.3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma’lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va himoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumotlarning relyasion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi.
Ma’lumotlarning relyasion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
-to‘plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya’ni to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi, bo‘lishmasi;
-maxsus relyasion operatsiyalar, ya’ni proeksiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Har bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan aniqlanadi. Relyasion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyasion algebra tili (RAT) va relyasion hisob tili (RHT).
RAT relyasion algebraga (Kodd algebrasiga, a-algebraga) asoslangan. Ma’lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til deyishadi. RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma’lum qoidalar to‘plamini beradi. Bunday so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo‘ladi xolos. Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. SHuning uchun RHTni protseduralimas til deyishadi.
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyasion model bilan ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga - ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” demakdir.Bu model 1976 yil Piter CHen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni birlashtirgan. Piter CHen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyasion ma’lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi.
ER -modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut (xossa) bo‘lib hisoblanadi.
Mohiyat -bu ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob’ektdir. ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi.
Axborot – bu ishlov berilgan ma‟lumotdir. Aniqrog‟i tashkiliy, aniq, sifatli va foydali ma‟lumotlardir. Undan tashqari axborot hujjatlari audio ko`rinishida, tasvir va video ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, muloqot aloqasi (ya‟ni yozilgan ovoz) elektron xat shaklida, do`stga, oila a‟zolariga ularni eshitish uchun yuborilgan bo`lishi mumkin. Yana bir misol, do`stlar raqamli kamerada olingan fotorasmni Veb sahifada ko`rishi mumkin. Veb kamerada real vaqt rejimida video konferentsiya shaklida ko`rib, gaplashish mumin bo`ladi. Kompьyuterlar axborotlarni ma‟lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning ma‟lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma‟lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim kompьyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini kompьyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Bu talaba haqidagi rasm va boshqa ma‟lumotlar kompьyuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD)da saqlanadi. Keyin esa kompьyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma‟lumotni chop etish uchun printerga yuboradi . Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma‟lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta‟minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi.
Ushbu dastur ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma‟lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma‟luotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan. Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma‟lumotlarni saklash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. eng sodda xolda u ikki ulchovli massiv yoki jadvaldan iborat buladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog‟langan to`plamidan iborat.
Foydanilgan Adabiyotlar
1. “Ахборот технологиялари соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштириш тўғрисида”. Ўзбекистон Республикаси ВМнинг Қарори. “Халқ сўзи”. 3 июн, 2005 й.
“Компютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони. “Халқ сўзи” 6 июн, 2002 й.
S.S.Qosimov “Axborot texnologiyalari”.-Toshkent.: “Aloqachi”,2006.-370b.
A.Oripov “Informatika, information texnologiya” Toshkent 2006
A.Mirrahimov “Internet va undan foydalanish asoslari”, T.:2001 yil.
С.С.Ғуломов ва бошқалар. “Ахборот технологиялари ва тизимлари”.
Т.:, 2000й.
С.С.Ғуломов ва бошқалар. “Иқтисодий информатика”. Т.:, 1999.
Sh.Nazirov, R.Qobilov “Kompyuter va ofis jihozlaridan foydalanish” T. 2007y.
Э.Шафран Создание Web-страниц: самоучитель-СПб:Питер,2001.-320с.
Игорь Шапошников HTML 4 «БХВ-Петербург» 2002.
Ш.Пауэрс Динамический HTML "Лори", 1999. 384 с.
http://fayllar.org