Boshqa turdagi ma`lumotlarni import qilish. Biz avvalgi mavzularda MS Excel va MS Accesslardan ma`lumotlarni import qilish bilan tanishdik. Quyidagi boshqa turdagi fayllardan ma`lumotlarni import qilish qilish bilan tanishamiz.
- ODBC ( Open Database Connectivity) dasturiy interfeys orqali MBdan (SQL Server) ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish;
- matnli fayllardan (txt, csv, asc va tab kengaytmali fayllar) ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish. Matnli fayllarni import qilish uchun ular quyidagi tuzilishlardan biri ko’rinishida bo’lishi kerak.
§ Ajratuvchi belgilar orqali hosil qilingan matnli fayllar. Har bir qator to’liq yozuvni saqlaydi. Maydonlar qiymati ajratuvchi belgilar (; : , Tab belgisi, bo’shliq belgisi) bilan ajratiladi.
§ Maydoni belgilangan uzunlikka ega bo’lgan matnli fayllar. Har bir qator to’liq yozuvni saqlaydi. Maydon o’lchami shu maydondagi eng uzun ma`lumotni uzunligiga teng deb olinib, qolgan ma`lumotlar uzunligi bo’shliq belgisini qo’yish orqali unga tenglashtiriladi.
- XML fayllardan ma`lumotlarni import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish.
- SharePoint ro’yxatini import qilish yoki bog’liqlik o’rnatish. Import qilish jarayonida SharePoint ro’yxatining nusxasi MS Access MBda hosil bo’ladi. Ro’yxatni import qilish jarayonida uni to’liq yoki qisman import qilish so’raladi. Bog’liqlikda esa ma`lumotlarni ko’rish va tahrirlash imkoni mavjud.
Savollar?
1.Ma’lumotlarni import qilish.
2.Ma’lumotlarni export qilish.
3.Sharepoit nima?
4.ODBC nima?
5.XML nima?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Taylaqov N., Аxmedov А., Pardaeva M., Аbduganiev А., Mirsanov U. Informatika va axborot texnologiyalari // O‘rta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik 1-nashri. – Toshkent, 2017. – 160 b.
2. Sattorov A. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi Access (Windows 9x/2006) // O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2006. – 220 b.
3. Фуфаев Э.В, Фуфаев Д.Э. Базы данных // Учеб.пос., – Москва, 2005. – 330 c.
4. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalar // O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2006. – 240 b.
5. Aripov M., Begalov B. va boshqalar.