Hesh so’zi ingliz tilidagi hash so’zidan olingan bo’lib, chalkash ( putanisa) yoki aralashma (meshanina) ma’nosini anglatadi
Ta’rif . Hesh-funksiya – bu kiruvchi ma’lumotlarning ixtiyoriy uzunlikdagi massivinibelgilangan aniq uzunlikdagi bitlar qatoriga biror bir algoritm orqali akslantiruvchi bir tomonlama funksiyadir (funksiya svyortki).
Amalning natijasi (bitlar qatori)ga hesh yoki hesh kod yoki hesh-summa yoki ma’lumotlar yig’mi(cvodkasi ) deyiladi. Bunday funksiyalar kriptografiya va axborot xavfsizlik masalalarida keng qo’llaniladi.
Joylashtirish usuli (xeshlashtirish) ma’lumotlar tuzilmasida element joylashgan o‘rinni tez aniqlashga yo‘naltirilgan usuldir. Joylashtirish usulida ma’lumotlar oddiy massiv sifatida ifodalangan bo‘ladi.