Ma’lumotnoma



Yüklə 25 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü25 Kb.
#125892
malumotnoma final


12.10.2022 dan 10.03.2023 yilgacha bo'lgan davrda tajriba-sinov ishlarining amalga oshirilganligi to'g'risida


MA’LUMOTNOMA

2022-2023-o‘quv yilida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 215-sonli umumta’lim maktabida Nizomiy nomidagi TDPU “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti 511700 – “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Jahonova Oydinoy Hamza qizining “Boshlang'ich sinflarda tarbiya fanini o'qitishda sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining tajriba-sinov ishlari olib borildi.


Tajriba-sinov ishlarining maqsadi boshlang'ich sinf o'quvchilarining sharq mutafakkirlari boy merosi haqida bilimlarni oshirish, o‘quvchilarni o‘qitishda darsliklarda berilgan sharq mutafakkirlari merosi namunalarini va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida o'tkazildi. Ushbu tajriba-sinov ishida boshlang'ich ta'limning 3-sinf o'quvchilari respondent sifatida tanlab olingan.

Tajriba – sinov ishlari 3 bosqichda o‘tkazildi:


1. Sharq mutafakkirlarining boy merosi to'g'risida davra suhbati o'tkazildi.
2.O'quvchilarning sharq mutafakkirlari merosi bilan qay darajada qiziqishini aniqlash uchun anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi.
3. Tajriba – sinov ishlari borishi kuzatildi va natijalari tahlil qilindi
Amaliyot jarayonida 3-“A ” va 3 -“B ” sinflar o‘rtasida pedagogik amaliyot davomida darslar davomida kuzatuv ishlari olib borildi. Bunda 3-“A ”sinfni nazorat sinf sifatida, 3- “ B sinfni tarjriba sinf sifatida tanlandi. Tarjriba sinfda darslarda, jamoat ishlarida, ertaliklar, turli tadbirlarda kuzatish, suhbat, savol-javob, test, bahs-munozara metodlaridan foydalanildi.
Nizomiy nomidagi TDPU “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti 511700 – “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Jahonova Oydinoy Hamza qizining "Boshlang'ich sinflarda tarbiya fanini o'qitishda sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish imkoniyatlari" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining tajriba-sinov ishlari sifatli darajadan amalga oshirilib, shu bilan birga samaradorlikka erishildi.

Toshkent shahri Yashnobod


tumani 215-maktab direktori:
N.SH. Rahimova
23 may 2023 yil
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin