Rivojlantiruvchi maqsad: Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish, mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish, xotirasini mustahkamlash.
FK 2: asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi;
Darsda foydalanilgan usullar: “Zig-zag” oʻyini, “Qiyin soʻzlar” oʻyini, “Klaster” usul, kichik sahna koʻrinishlari foydalaniladi.
Darsda qoʻlaniladigan jihozlar: Sinf bayramona bezatiladi. Doskada A.Navoiy portreti, “Hamsa” kitobi, tarqatmali materiallar oq qogʻozlar , rangli qalamlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Oʻquvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash.
Dars shiori: Oz-oz oʻrganib dono boʻlur,
Qatra-qatra yigʻilib daryo boʻlur.
II. Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash:
Oʻqituvchining kirish soʻzi Aziz oʻquvchilar ! Mana biz buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodi ,shoirning ,,Mahbub –ul –qulub” asaridan olingan boblar bilan tanishdik. Bugungi darsimiz ayni Navoiy bobomizning tavallud kunlari arafasida oʻtmoqda. SHu munosabat bilan bu darsimizni “Assalom, Navoiy bobo” deb nomlaymiz. Darsimiz musobaqa tarzida oʻtkaziladi. Biz 3 soat davomida A.Navoiy hayoti va “Mahbub –ul –qulub” dan olgan bilimlarimizni musobaqa tarzida mustahkamlab olamiz. Oldingi darsimizda berilgan topshiriqlarga koʻra sinf oʻquvchilarini 3 guruhga boʻlgan edik. Boʻlingan guruhlar oʻzlariga nom tanlashlari, shoir ijodi haqida albom tayyorlashlari va A.Navoiy qatnashgan kichik sahna koʻrinishlarini tayyorlashlari kerak edi. Mana koʻrib turibman, guruhlar oʻzlariga nom tanlab olibdilar.
Marhamat, 1 –guruh “Nazm” guruhi.
2 –guruh “Zukkolar” guruhi.
3 –guruh “Topqirlar” guruhi ekan.
Sizlarga ma’lumki “Mahbub –ul –qulub” asaridan “Saxovat va hikmat”’, “Hilm” (muloyim tabiatlik) “Safarning foydalari toʻgʻrisida”gi boblarni oʻrgandik. Musobaqa shartlarida aynan ana shu boblardan oʻrgangan bilimlarimizni mustahkamlab, charxlab olamiz. Tayyormisizlar? Demak, musobaqa boshlandi. Birinchi shart “Zig –zag” oʻyini. Bu oʻyinda har bir guruhga ketma-ket 5 savol beriladi, har bir toʻgʻri javob 1 ball.
Marhamat “Nazm” guruhi .
“Navoiy” romanini kim yozgan?
Sahovat nima?
Halol molni kuydrganni kim deydilar?
Aqli bor odam nimadan qochadi?
Yolgʻon gapiruvchi doimo nimada?
Marhamat “Zukkolar” guruhi
1. A.Navoiyning necha jildlik mukammal asarlar toʻplami bor?
2. Saxovatsiz kishi qanday odam?
3. Saxiy va ahiyning farqi?
4. Arining gʻuvillashida nima bor?
5. Odamning asosiy imtiyozi nima?
Marhamat, “Topqirlar” guruhi
A.Navoiydan oldin “Xamsa” yozgan shoirlar kim?
Qanday odamni donishmand, oqil deydilar?
Tilning ofati nima?
Nima hayotlikdan asardir?
Qanday odamni pastkash deydilar?
Berilgan javoblarga qarab g’olib guruh e’lon qilinadi. Endi 2-shartimizni boshlaymiz.
Bu “Qiyin soʻzlar oʻyini” deb atalib, berilgan matndagi qiyin soʻzlarga izoh berish.
1 –guruh “Nazm”
Saxovat insoniyat bogʻining borvar shajaridur, balki ul shajarning mufid samaridir.
(Javob: borvar shajari -hosildor daraxti mufid samari -foydali mevasi)
2 –guruh “Zukkolar”
Ulki el koʻrmaguncha bermas loimdur, ibrom bila bergandan bermaganni yaxshiroq bil. (Javobi: laim – pastkash
Ibrom – qistash bilan
3 –guruh “Topqirlar”
Mazlumga baxshoyish koʻrguzki, zolimdan osoyish koʻrgaysan.
(Javobi : baxshoyish-yaxshilik qilsang. Osoyish – omonlik )
Ushbu shartni bajarguncha A.Navoiy gʻazali bilan aytiladigan “Qoshi yosunmu deyin” qoʻshigʻi tinglanadi.
Oʻquvchilar qiyin soʻzlarga izoh beradilar va yozilgan topshiriqni oʻqituvchiga topshirgach, buning ham gʻolibi aniqlanadi.
Endi 3-shartimizni boshlaymiz.
Bu shart “Klaster” usuli boʻlib, bunda uchta soʻz berilgan. Bular: “Saxovat” ,,Hilm”, “Safar” soʻzlarining ma’nolarini yozib beradilar .
Har bir guruh yozilgan fikrni izohlab ,ya’ni A.Navoiy fikrlarining isboti sifatida og’zaki so’zlab .
Bu shart ham oʻquvchilarning fikrlari va ogʻzaki nutqiga qarab baholanadi.
Endi 4-shartimiz berilgan topshiriq, ya’ni A.Navoiyning hayoti haqida kichik sahna koʻrinishi namoyish etiladi .
Marhamat, “Nazm” guruhi
“Alisher va Lutfiy suhbati” sahna koʻrinishini namoyish etadilar.
“Zukkolar” guruhi
“Navoiy bilan mardikor” sahna koʻrinishini namoyish etadilar.
“Topqirlar” guruhi .
“Yaxshidan bogʻ qoladi” sahna koʻrinishlarini namoyish qiladilar.
Oʻqituvchining yakuniy soʻzi :
Aziz oʻquvchilar! Mana tadbir musobaqa darsimiz ham nihoyasiga yetdi .
Buyuk bobokolonimiz A.Navoiy ijodi ulkan bir ummon boʻlsa, shu ummondan ozgina bahramand boʻldik. Odamiylik fazilatlaridan saxovat, muloyim tabiatlik, tilga e’tibor berish, safarning foydalari toʻgʻrisida koʻplab fazilatlarni oʻrgandik.
Besh asr ham oʻtsada, mana
Nomingizni qoʻymaymiz tildan.
Siymongizni doim qilib yod
She’rlaringiz aytamiz dildan.
Uyga vazifa: “Inson odobi bilan goʻzal” mavzusida uy inshosini yozish
Dostları ilə paylaş: |