2.O’zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotni joriy qilishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 3 iyulida«O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3832 son qarorni imzoladi. Qarorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko’pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) vasan’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis hizmatlari, media va ko‘nilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo‘ladi. Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga ham daxl qiladi.Bugungi kunda bizhar bir mohiyatni u yoki bu olamga mansub sanagan holda identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ko‘pchilik ob’ektlar uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich - u qaysi olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko‘plab ma’lumotlarni: telefon raqamlarini, tug‘ilgan kun haqidagi ma’lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Biz hatto telefon bilan jismonan bog‘lanmagan bo‘lsakda, funksional jihatdan o‘zimizni u bilanbir butun deb his qilamiz. Realva virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlan va uni to‘xtatishning imkoni yo‘q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas. Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonunva qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Shu nuqtai-nazardan aytish joizki, qolgan iqtisodiyotdan alohida ravishda bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu- gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu - real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi. Raqamli biznes bu - jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. Schoolof Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish» sifatida ta’riflaydi.Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari vasun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo’sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo’sh o’rinlarni o‘zgartirgan holda o’zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo’ladi. Shunday bo‘lib chiqadiki, tashkilotlarning raqamli o‘zgartirish bu - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o‘zgartirishturli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo’ladi. Raqamli ko‘rinishga keltirish bu - axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar - elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirishko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yokihujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon beradi. Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalish bu - mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir. Ikkinchi yo‘nalish - eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda, biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishini tushunamiz.Sir emaski, kompaniyalarning mintaqaviy va xalqaro ekspansiyasi ko‘pincha boshqaruv tizimini jahon darajasida nusxalashtirish qiyinligi bilan to‘xtatib turiladi. Tez o‘sishning chegaralanishi muammolari ko‘pincha nusxa ko‘paytirishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga keladi.